Tabiat resurslari vazirligi Fargʻona viloyat boshqarmasi mazkur video yuzasidan munosabat bildirdi.
Taʼkidlanishicha, 2023-yil 9-mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan mazkur video lavha yuzasidan boshqarma xodimlari tomonidan oʻrganish ishlari oʻtkazildi.
Oʻrganishlar davomida videolavhadagi Gentra Fargʻona viloyatining Fargʻona tuman “Boʻston” MFY hududida yashovchi M.O.ga tegishli ekani aniqlanib, yashash manziliga borib u bilan suhbat oʻtkazilgan.
Suhbat davomida qushlar mashina oynalarini tirnab tashlayotganligi sababli, shunday yopishqoq vositani skochlab, qushni ushlaganligi, biroq videorolik olingandan soʻng qushni qoʻyib yuborganligini bildirib, bunday xatti–harakati uchun uzr soʻradi va qilgan ishidan pushaymonligini, bu holat yana tokrorlanmasligini aytib oʻtdi.
Boshqarma xodimlari tomonidan fuqoro M.Oga tegishli qonun talablari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilib, holat yuzasidan tushuntirish xati olindi va toʻplangan hujjatlar tegishli chora koʻrish maqsadida tuman IIBga yuborildi.