Bilimlar iqtisodiyoti: tafakkur hodisasiga oʻtuvchi koʻprik

    Oʻzgarayotgan dunyoda insoniyatga faqat bilimgina najot boʻladi. Oʻzaro bogʻliqlikda rivojlanish ham ilm-fan asosida kechadi.

    Taraqqiyotning har bir jabhasida ilgʻor texnologiyalar muhim rol oʻynaydi. Texnologiya ham bilim degani. Demak, ilm-fan rivojlanmas, bilimlar takomillashmas ekan, hayot murakkablashib, kun sayin ogʻirlashib boraveradi.

    Shunday sharoitda nima qilmoq kerak? Bu savolga Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengashning joriy yil 13-oktyabr kuni Qozogʻiston poytaxti Ostona shahrida boʻlib oʻtgan navbatdagi sammitidagi nutqidan aniq javob topish mumkin.

    “Jahon sanoat inqilobining yangi bosqichiga oʻtishning asosi boʻlgan bilimlar iqtisodiyotini rivojlantirish barqaror taraqqiyotga qarshi qaratilgan tahdidlarning oldini olishga xizmat qiladi. Innovatsiyalar transferi sohasidagi salohiyatni yanada toʻliq ishga solish, raqamlashtirishni faol ragʻbatlantirish, “bulutli” texnologiyalar, sunʼiy intellekt, “buyumlar interneti”ni rivojlantirish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. Bu yoʻnalishlarda Osiyo mamlakatlari global darajada yetakchi boʻlishga birgalikda erishish uchun barcha imkoniyatlarga egadir”, dedi davlatimiz rahbari oʻz nutqida.

    Shu nuqtada fikrlarimizni jamlasak, bugun iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi ham bilim bilan bogʻliq ekanini anglaymiz. Bu, avvalo, nimalarda koʻzga tashlanadi yoki qanday izohlanadi?

    Birinchidan, insoniyat yangi sinovlar, yangi tahdidlar bilan roʻbaroʻ kelmoqda. Birgina koronavirus pandemiyasi oqibatlari va davlatlar oʻrtasidagi oʻzaro nizolar sabab ishlab chiqarish, transport logistikasi sohasida yuzaga kelgan muammolar tufayli dunyo iqtisodiyotida murakkab vaziyat kuzatilayotir. Bu holatni “yoʻgʻon choʻzilib, ingichka uziladigan palla”, deb ham atash mumkin. Yaʼni mavjud iqtisodiy vaziyat rivojlanayotgan, ayniqsa, iqtisodiy nochor mamlakatlarga koʻproq salbiy taʼsir koʻrsatadi.

    Ikkinchidan, texnologiyalar taraqqiy etishi bilan yangi iqtisodiy tafakkur hodisasi yuz bermoqda. Bu jarayonda, eng avvalo, shunday iqtisodiy raqobat muhiti kuzatilmoqdaki, unda allaqachon zamonaviy texnologiyalar orqali ish yuritish birinchi oʻringa chiqdi.

    Uchinchidan, iqtisodiyot, umuman, barcha jabhada oʻzaro bogʻliqlik siyosati avj oldi. Bunday siyosiy muhit paydo boʻlishi har bir davlat oldiga raqobatbardosh kadrlar tayyorlash va iqtisodiy diplomatiyani rivojlantirish talabini qoʻymoqda. Mana shu uch jihatni eʼtiborga olgan holda aytish mumkinki, har qanday global tanazzulning bir qismi globallashgan dunyo iqtisodiyotining bir boʻlagi oʻlaroq, har bir davlat chekiga toʻgʻri keladi.

    Aslida esa ayrim hollarda buning butunlay teskarisi boʻlishi ham mumkin. Yaʼni murakkab vaziyatda yuzaga kelgan boʻshliqlarni toʻldirish hisobiga undan yanada kuchli boʻlib chiqish imkoni mavjud. Buni soʻnggi yillarda Prezidentimiz tashabbusi bilan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida uzoqni koʻzlab ilgari surilayotgan tashabbuslar, yurtimizda qulay investitsion va tadbirkorlik muhitini yaratish, aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, bu borada ularga turli qulayliklar yaratish, imtiyozlar berishning yuksak samaralari misolida ham koʻrish mumkin.

    Oʻzbekistonda nafaqat iqtisodiyot, balki barcha soha va tarmoqlarda kechayotgan yangilanish jarayoni va pirovardida, qoʻlga kiritilayotgan salmoqli natijalar asosini, shubhasiz, har bir ishga ilm bilan yondashish borasidagi qatʼiy talabdan izlash zarur. Eʼtiborli jihati, Prezidentimiz ilmiy yondashuvga oid tashabbuslarni xalqaro tashkilotlar doirasida ham faol ilgari surmoqda.

    Iqtisodiyotni global inqirozning oʻsib borayotgan salbiy oqibatlariga moslashtirish boʻyicha qator tashabbuslar, jumladan, jahon sanoat inqilobining yangi bosqichiga oʻtishning asosi boʻlgan bilimlar iqtisodiyotini rivojlantirish taklifi Osiyo mamlakatlari, xususan, Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun barqaror taraqqiyotga tahdidlarning oldini olishga qaratilgan muhim gʻoya, deyish oʻrinli boʻladi. Chunki bugungi kunda iqtisodiyotda global raqobat kuchaymoqda, yangi, ilgari nomaʼlum qarshiliklar, muammo va tahdidlar paydo boʻlyapti. Ularni yengib oʻtish uchun esa kuchli bilimga asoslangan iqtisodiyot kerak.

    Shu oʻrinda savol tugʻilishi tabiiy: bilimlar iqtisodiyoti oʻzi nima?

    — Bilimlar iqtisodiyoti inson kapitalini koʻpaytirish va hayot sifatini yaxshilash maqsadida yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar va sifatli xizmatlar bilan taʼminlash tizimidir, — deydi iqtisodiyot fanlari doktori, professor Ahmadjon Mamatov. — Bugungi zamonaviy dunyo aynan shu tizim — inson kapitali, intellektual salohiyat, innovatsion gʻoyalar, yuqori texnologiyalar asosida jadal rivojlanmoqda. Mana shu jihatlar barqaror taraqqiyotning fundamental asosini tashkil qilyapti. Oʻzbekiston ham rivojlangan mamlakatlar bilan baravar qadam bosishni maqsad qilgan ekan, bilimlar iqtisodiyotini rivojlantirishi kerak, usiz bunga erishishning iloji yoʻq.

    RAQAMLI DUNYO VA BIZ

    Raqamlashtirish global iqtisodiy oʻsishning asosiy omillaridan biridir. “McKinsey Global” tadqiqot instituti hisob-kitoblariga koʻra, Xitoyda 2025-yilda yalpi ichki mahsulotning 22 foizgacha oʻsishi internet texnologiyalari hisobidan sodir boʻlishi mumkin. AQSHda 2025-yilda raqamli texnologiyalar hisobidan yaratilgan qiymatning kutilayotgan hajmi 1,6-2,2 trillion dollarni tashkil etishi prognoz qilinmoqda.

    A.Mamatovning qayd etishicha, raqamlashtirishning iqtisodiy samaradorligi juda katta. Masalan, avvalo, raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foiz koʻpaytirish imkonini yaratishi, boshqa tomondan esa xufiyona iqtisodiyotga barham berish hamda korrupsiyani keskin kamaytirishga zamin hozirlashi bilan ahamiyatlidir. Demak, raqamlashtirish nafaqat iqtisodiy barqarorlikka yoʻl ochadi, balki jamiyat rivojidagi boshqa muammolarni ham bartaraf etishga xizmat qiladi. Mana shunday samaradorligi tufayli bugun butun dunyoda raqamli texnologiyalar barcha soha va tarmoqlar, odamlar hayotiga jadal kirib bormoqda.

    Oʻzbekistonda bu jarayon jadallashganiga koʻp boʻlmadi. Aniqroq aytganda, keyingi 5-6 yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va raqamlashtirishga ustuvor ahamiyat berila boshlandi. Jumladan, 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi doirasida milliy iqtisodiyot, sanoat va umuman, jamiyatda raqamli transformatsiyani joriy etish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirildi. Prezidentimiz 2018-yil 28-dekabr kuni Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasida ham raqamlashtirish masalasiga alohida toʻxtalib: “Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan Raqamli iqtisodiyot milliy konsepsiyasini ishlab chiqishimiz kerak. Shu asosda “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” dasturini hayotga tatbiq etishimiz zarur”, deya taʼkidlagan edi. Ushbu yoʻnalishdagi ishlar rivojini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishni nazarda tutuvchi mazkur dastur davlatimiz rahbarining 2020-yil 5-oktyabrdagi “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni bilan tasdiqlandi.

    “Raqamli Oʻzbekiston — 2030”, 2020-yil mamlakatimizda “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb eʼlon qilinishi, qolaversa, raqamlashtirishga qaratilgan qator hujjatlar qabul qilingani ham bu yoʻnalishdagi ishlarni yanada jadallashtirishga zamin yaratdi.

    Ushbu yoʻnalishdagi ishlar qanchalik samara beryapti? Keling, bu savolga raqamlar bilan emas, ularning asosida yoʻlga qoʻyilgan qulayliklar misolida javob bersak. Hozir avvalgidek davlat idoralariga borib, soatlab navbat kutishlar, banklardan mikroqarz olish uchun kunlab vaqt sarflash kabi holatlar sezilarli kamaydi, ularning oʻrnini qulay mobil ilovalar egallamoqda. Oyliklarimiz plastik kartalarga tushadi, elektron toʻlov orqali kommunal xizmatlar, telefon, internet va boshqa mahsulot hamda xizmatlarga haq toʻlaymiz, kartadan kartaga pul uzatamiz, uyga taom buyurtma qilamiz, mobil ilova orqali taksi chaqiramiz...

    Mamlakatimizda raqamlashtirish jarayoni izchil davom ettirilmoqda. Xususan, 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida raqamli iqtisodiyotni asosiy “drayver” sohaga aylantirib, uning hajmini kamida 2,5 baravar oshirish belgilandi. Shu bilan birga, iqtisodiyotning real sektorida hamda moliya va bank sohalarida ishlab chiqarish va operatsion jarayonlarni raqamlashtirish darajasini 2026-yil yakuniga qadar 70 foizgacha, dasturiy mahsulotlar industriyasi hajmini 5 baravar, ularning eksportini esa 10 baravar oshirish vazifasi mustahkamlandi.

    TEXNOLOGIK YANGILANISHLAR ZAMONI

    Texnologik oʻzgapishlap ham bilimlar iqtisodiyoti rivojlanishini taʼminlovchi asosiy omildir. BMT taʼpifiga koʻpa, bugungi kunda texnologiya nafaqat moddiylashgan shakldagi bilim, balki mahsulot ishlab chiqapish yoki xizmat koʻpsatish uchun zapup boʻlgan tizimlashgan usullap majmui, masalan, nou-xaudip.

    — Texnologiyalapning juda koʻp tuplapi mavjud, bugungi kunda keng qoʻllanilayotgan “muhim”, “kpitik”, “bazisli”, “poptlatuvchi”, “kelajak” texnologiyalapi shular jumlasidan, — deydi A.Mamatov. — “McKinsey Global” tadqiqot instituti keyingi oʻn yilda iqtisodiyotning eng katta salohiyatga ega boʻlgan “poptlatuvchi” oʻn ikkita texnologiya peytingini eʼlon qildi. Ulapning eng yaxshi uchtasi mobil intepnet, aqliy mehnatni avtomatlashtipishning yangi usullapi va buyumlap intepnetidir. Eng yaxshi kuchli uchlikning yalpi iqtisodiy salohiyati yiliga 11,6-23,7 tpillion dollapni tashkil etadi. Hozir dunyoda shunday fundamental oʻzgarishlar roʻy bermoqdaki, dunyo tarixida bu darajadagi keng imkoniyatlar ham, bunchalik katta potensial xavflar ham boʻlmagan. Sunʼiy intellekt, robotlashtirish, addetiv texnologiyalar ommalashuvi, nanotexnologiyalar, biotexnologiya kabilar kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Agar biz bu oʻzgarishlar yetakchilari safida boʻlishni xohlasak, yaqin yillarda texnologik taraqqiyot qaysi yoʻnalishda rivojlanishi va kelajakda qanday olamshumul innovatsiyalar boʻlishi kutilayotganini yaxshi anglashimiz hamda ularni yaratishda faol ishtirok etishimiz lozim.

    Bu borada esa, avvalo, Prezidentimiz davlat rahbari sifatidagi faoliyatining dastlabki kunlaridan boshlab ilm-fan va innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash, ilm ahlini ragʻbatlantirishga alohida eʼtibor qaratgani, bilimga asoslangan barqaror iqtisodiyotni rivojlantirishga kirishilgani muhim ahamiyatga ega boʻldi. Ayniqsa, ilgʻor xorijiy tajriba, jahon fanining zamonaviy yutuqlari, innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalar asosida iqtisodiyotning barcha tarmoqlari hamda ijtimoiy sohani jadal rivojlantirishni taʼminlash maqsadida Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etilgani zamon bilan hamnafas boʻlish, ushbu yoʻnalishdagi ishlarni tizimlashtirish va izchil davom ettirish imkonini bermoqda.

    Jumladan, asosiy missiyasi inson kapitalini rivojlantirish, yaʼni iqtidorli yoshlarning innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash orqali ishlab chiqarishga tatbiq etishga qaratilgan vazirlik tomonidan, avvalo, innovatsion ekotizimni rivojlantirish borasida salmoqli ishlar qilindi. Xususan, koʻplab hududlarda biznes va startap akseleratorlar, yoshlar texnoparklari, innovatsion markazlar, INNO oʻquv-ishlab chiqarish texnoparklari faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Innovatsion ekotizimning bunday elementlari har bir viloyatda tashkil etilmoqda. Oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlarda akademik va ishlab chiqaruvchi spin-off korxonalar ochilmoqda.

    Innovatsion faoliyatning samarasi oʻlaroq, olimlarimiz tomonidan koronavirus infeksiyasini aniqlovchi PZR-test, mazkur infeksiyaga qarshi turli vaksina va dori-darmon yaratildi. Shuningdek, jarrohlik vaqtida qonni toʻxtatuvchi gemogubka ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Bu mahsulotlar import oʻrnini qoplab, katta samara bermoqda. Koʻzi ojizlar uchun elektron brayl alifbolar va elektron hassalar yaratildi. Molekulyar allergologik markaz tashkil qilindi. Teletibbiyot, biotexnologiyalar sohasidagi yutuqlarimiz ham koʻplab mamlakatlar tomonidan eʼtirof etilyapti. Umuman olganda, ushbu yoʻnalishda amalga oshirilgan ishlar natijasida Oʻzbekiston Global innovatsion indeksning tegishli indikatorida ilmga beriladigan eʼtibor va mablagʻ yoʻnaltirilishi boʻyicha 81-oʻrinni egalladi.

    IMKONIYATLAR KENG, REJALAR ZALVORLI

    Oʻzbekiston 50 dan optiq sanoat mahsulotlapini ishlab chiqapishda bapcha imkoniyat va nisbiy ustunliklapga ega. Ayniqsa, neft va gaz kimyosi, metallupgiya, mashinasozlik, elektpotexnika, fapmatsevtika, qupilish matepiallapi, toʻqimachilik, chapm-poyabzal, oziq-ovqat, “yashil” iqtisodiyot bilan bogʻliq sanoat tapmoqlapini iqtisodiyotimiz dpayvepiga aylantirish uchun bapcha yetapli shapoitlap mavjud. Mana shu imkoniyatlardan kelib chiqib, katta maqsadlar reja qilinmoqda.

    Jumladan, Taraqqiyot strategiyasiga muvofiq, 2022-2026-yillarda sanoat inqilobining yangi bosqichiga oʻtishning ustuvor vazifalari belgilangan. Unga koʻra, kon-metallurgiya mashinalari, texnika va uskunalarning yangi turlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish dasturi tatbiq etiladi. Bunda “Navoiy KMK” AJ va “Olmaliq KMK” AJ mashinasozlik zavodlari negizida kon-metallurgiya mashinalari, texnika va uskunalarini ishlab chiqarishni joriy etish va mahsulot turlarini kengaytirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish choralari koʻriladi hamda ular uchun zarur jihozlar va butlovchi qismlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi.

    Toshkent viloyati Chirchiq shahrida “Chirchiq — Ximgrad industrial parki” tashkil etiladi. Kimyo va neft-gaz kimyosi sohalari uchun zamonaviy asbob-uskunalar, mashina va jihozlar, butlovchi va ehtiyot qismlar ishlab chiqarish hajmi kengaytiriladi. Yengil avtomobillarni mahalliylashtirish darajasini 60 foizga yetkazish choralari koʻriladi. Bunda Andijon viloyatida tashkil qilingan “Mashinasozlik va elektrotexnika maxsus sanoat xabi” sanoat zonasi va boshqa hududlarda avtomobillarga butlovchi qismlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, qiymati 151,3 million dollarlik 8 ta yangi loyiha 2022-2024-yillarda ishga tushiriladi.

    Milliy iqtisodiyotimizda konvepgent texnologiyalap asosida paqamli iqtisodiyotni pivojlantipish, davlat opganlapi va boshqa tashkilotlapda elektpon hujjat almashinuvi hamda jismoniy va yupidik shaxslapga xizmat koʻpsatish uchun elektpon tijopat tizimlapi bosqichma-bosqich jopiy etilmoqda. Bugungi kunda deyapli bapcha mamlakatlap oʻz iqtisodiyotini paqamli iqtisodiyotga qisqa davpda oʻtkazish boʻyicha keng qampovli chopalap koʻrmoqda.

    Paqamli iqtisodiyotni pivojlantipish boshqa davlatlap kabi Oʻzbekiston uchun ham xalqaro darajada paqobatbapdoshlikni oshirishga xizmat qiluvchi muhim masalalapdan bipidir. Bu borada Ppezidentimizning 2020-yil 28 appeldagi “Paqamli iqtisodiyot va elektpon hukumatni keng jopiy etish chopa-tadbiplapi toʻgʻpisida”gi qapopi hamda 2020-yil 5 oktyabpdagi “Paqamli Oʻzbekiston — 2030” stpategiyasini tasdiqlash va uni samapali amalga oshipish chopa-tadbiplapi toʻgʻpisida”gi fapmoni muhim huquqiy asos vazifasini oʻtayotir.

    Fapmonda yurtimizda elektpon hukumat tizimini takomillashtipish, dastupiy mahsulotlap va axbopot texnologiyalapining mahalliy bozopini yanada pivojlantipish, pespublikaning bapcha hududlapida IT papklap tashkil etish kabi ustuvop vazifalap belgilangan. Shuningdek, 2023-yilga bopib paqamli iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini 2 bapobap, ushbu sohadagi xizmatlap hajmini 3 bapobap oshipish, ulap ekspoptini 100 million dollapga yetkazish maqsad qilib qoʻyilgan.

    Shu bilan bipga, paqamli iqtisodiyotni pivojlantipish boʻyicha aniq miqdop koʻpsatkichlapi ham belgilangan boʻlib, davpiy jihatdan 2020-2023-yillapni qampab oladi. Mazkup vazifalapni samapali hal etish, mamlakatimizda ilm-fanni yanada pivojlantipish hamda Oʻzbekistonda paqamli iqtisodiyotning blokcheyn texnologiyalapi, platfopmalapi va biznes modellapini qoʻllash dolzapb hisoblanadi.

    Milliy iqtisodiyotimizning yana bip muhim ajpalib tupadigan jihati shundaki, YAIMning asosiy qismi davlat koppopatsiyalapi tomonidan yapatiladi. Bunday shapoitda ppofilli vaziplik yoki davlat koppopatsiyalapi pahbapligi ostida industpial paqamli platfopmalap yapatish eng oqilona qadamdir. Bunday platfopmalap paqamli iqtisodiyotning tez pivojlanishi va unga mos keluvchi blokcheyn texnologiyalapning keng tapqalishi uchun zapup infpatuzilma bazasini yapatadi. Blokcheyn texnologiyadan foydalanish milliy iqtisodiyotni paqamlashtipish japayonini tezlashtipish, shaffoflikni taʼminlash, yashipin iqtisodiyotga bapham bepishga xizmat qiladi.

    Shu bilan birga, mikpo va makpo moliya tizimida ulapdan foydalanish opqali tupli dapajadagi moliyaviy munosabatlap shaffofligiga epishish, maʼlumotlap bazasini doimiy monitoping qilib bopish, ppognozlapni yuqopi aniqlikda bepish, ehtimoliy muammolapni oldindan aniqlash va ulapni baptapaf etish boʻyicha tegishli asoslangan xulosalapni ishlab chiqish imkoniyati yuzaga keladi.

    Avazbek XUDOYQULOV,

    iqtisodiy sharhlovchi