Joriy yil yakuni bilan yiliga 4,9 mln tonna sement ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushiriladi va jami sement ishlab chiqarish quvvatlari 20 mln tonnaga yetkaziladi.

Shuningdek, yiliga 22,2 mln kv metr qurilish oynasi ishlab chiqarish boʻyicha yangi quvvat ishga tushirilib, jami qurilish oynasi ishlab chiqarish boʻyicha quvvatlar 42 mln kv metrni tashkil etadi.

Maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning yanvar-mart oylarida 31 ta investitsiya loyihasi boʻyicha jami 40,25 mln dollar, shundan 21,4 mln dollar miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar oʻzlashtirildi. Umumiy qiymati 5 mln dollar boʻlgan 1 ta – “Monolith Asia” MCHJ QKda payvandlash elektrodlarini ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi ishga tushirildi va 200 ta yangi ish oʻrinlari tashkil etildi.

Shuningdek, hududlarni sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturlariga asosan dastlabki roʻyxatga asosan 2021-yilda qurilish materiallari sohasida jami 806 ta loyiha boʻyicha 7 trln 580 mlrd soʻm, jumladan 1-chorakda 1 trln 458 mlrd soʻm oʻzlashtirish belgilangan.

Eʼtiborlisi, 2021-yil 1-chorakda 806 ta loyiha boʻyicha 1 trln 523 mlrd soʻmlik mablagʻlar yoki rejaga nisbatan 104,5 foiz oʻzlashtirilgan. Shundan, joriy yilning 1-choragida 288,1 mlrd soʻmlik 43 ta loyiha ishga tushirilgan va 397 ta yangi ish oʻrni yaratilgan.