Mamlakatimizda 2023-yil yanvar-iyun oylarida qurilish sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 16,1 trillion soʻmni yoki oʻsish surʼati
115,7 foizni tashkil etdi. Jumladan, 8,2 mln. tonna sement (119,1%), 30,3 mln. kv metr gipsokarton (104,8%), 17,3 mln. kv metr qurilish oynasi (106,8%), 16,2 mln. kv m keramik plitka (115,1%), 1 375 ming oʻram gulqogʻoz (110,8%) kabi qurilish materiallarini ishlab chiqarildi.
2023-yil yakuni bilan yiliga 7,3 mln. tonna sement ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushiriladi va jami respublikada sement ishlab chiqarish quvvatlari 33,5 mln. tonnaga yetkaziladi.
Shuningdek, joriy yil yakuni bilan sohada jami 2 mlrd. dollarlik investitsiyalar, shundan 1,2 mlrd. dollarlik xorijiy investitsiya va kreditlar oʻzlashtirilishi rejalashtirilgan. Investitsiya dasturiga asosan “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi korxonalarining 38 ta investitsiya loyihasi boʻyicha jami 268,9 mln. dollar investitsiya mablagʻlarini oʻzlashtirilishini taʼminlash rejalashtirilgan.
Hisob kitoblarga koʻra, 2023-yilda qurilish materiallari sohasida jami 35,3 trln. soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, oʻsish 115 foizni tashkil etilishi koʻzda kutilmoqda. Jumladan, joriy yilda 17,0 mln. tonna sement, 38 mln. kv m qurilish oynasi, 76 mln. kv m gipsokarton, 39 mln. kv m keramik plitka, 3,2 mln. oʻram gulqogʻoz kabi qurilish materiallari ishlab chiqariladi.