Osiyo gandbol federatsiyasi ayollar o‘rtasidagi qit’a chempionatining guruh bosqichiga tashlangan qur’a natijalarini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, gandbolchi qizlarimiz guruh bosqichida A guruhida Janubiy Koreya, Qozog‘iston, Gonkong, Singapur va Qatarga qarshi bahs olib borishadi.

Qur’a natijasiga ko‘ra, B guruhidan quyidagi jamoalar o‘rin oldi:
Iordaniya;
Yaponiya;
Eron;
Hindiston;
Quvayt;
Afg‘oniston.

Gandbol bo‘yicha ayollar o‘rtasida Osiyo chempionati 15-25 sentyabr kunlari Iordaniyada bo‘lib o‘tadi. Sportchilarimizga omad tilaymiz.