Bugun turkiy tilli davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni institutsionallashtirgan Naxichevan bitimi imzolangani va Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (Turkiy Kengash)ga asos solinganiga 12 yil to‘ldi.

Qardosh turkiy tilli mamlakatlarni birlashtirgan bu tuzilma o‘tgan davr davomida katta taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi va dunyoning nufuzli xalqaro tashkilotlari qatoridan joy oldi.

O‘zbekiston Turkiy Kengash faoliyatida 2019-yildan beri to‘la huquqli a’zo sifatida ishtirok etib kelyapti, deb xabar beradi «Dunyo» AA.