Bu haqda "O‘zbekneftgaz" AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.
Shuningdek, “O‘zbekneftgaz” AJ yarim sintetik dizel yoqilg‘isining narxi bir tonna uchun 13 488 974 so‘mdan 11 673 687 so‘mgacha pasaytirilishini ma’lum qildi.
"GTL" dizel yoqilg‘isi “Yevro-6” standartining Yevropa sifat darajasiga javob beradigan zamonaviy va yuqori sifatli yoqilg‘idir.
"GTL" dizeli “Yevro-4” va undan yuqori standart yonilg‘ida ishlaydigan yengil avtomobillar va yuk mashinalari, shuningdek, mahalliy va xorijda ishlab chiqarilgan katta gabaritli va maxsus dizel yonilg‘ili transport vositalari uchun ideal tarzda mos keladi.