– “Uzbekistan GTL” zavodimizning ushbu mukofot uchun nomzod etib tanlangani “Oʻzbekneftgaz” AJ jamoasi uchun katta sharafdir. Bu erishgan yutuqlarimizning yana bir tasdigʻi, va korxonamizning ishchi-xodimlari hamda hamkorlarimiz ushbu eʼtirofga erishish uchun juda koʻp mehnat qilgan, barchaning saʼy-harakatlariga berilgan munosib bahodir” , – deydi “Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev.
Ushbu nominatsiyada gʻoliblik uchun Oʻzbekistondagi “Uzbekistan GTL” zavodi bilan bir qatorda Xitoydagi “China Gas Holdings”, Lyuksemburgdagi “Clariter”, Hindistondagi “Hindustan Petrolium Corporation” va “Indian Oil Corporation”, AQSHdagi “Kiewit”, “United Energy Trading”, “Valero Energy Corporation” kabi dunyoning yetakchi korxonalari ham nomzod sifatida kiritilgan.
– Dunyo miqyosida neft-gaz va energetika sohasidagi eng nufuzli mukofot uchun final bosqichi ishtirokchisi etib tanlanganimiz juda faxrlidir. Barchamiz ushbu nominatsiyaning gʻolibi sifatida eʼlon qilinishini intiqlik bilan kutmoqdamiz. Albatta bu “Uzbekistan GTL” jamoasi uchun iftixor baxsh etadi. Qisqa muddat ichida barchaning diqqat eʼtiborini oʻziga tortishga muvaffaq boʻlgan tariximizning yana bir muhim bosqichidir. Ushbu mukofotga erishish loyihada ishlagan jamoasi uchun katta ahamiyatga ega”, – deydi “Uzbekistan GTL” zavodining Bosh direktori Faxritdin Abdurasulov.
Mukofot gʻoliblari “S&P Global” tomonidan joriy yilning 8-dekabr kuni AQSHning Nyu-York shahrida oʻtkaziladigan taqdirlash marosimida eʼlon qilinadi.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning avgust oyida “Uzbekistan GTL” zavodi loyihasi AQSHning neft va gazni qayta ishlash sohasidagi yetakchi boʻlgan “Hydrocarbon Processing” jurnalining “HP Awards” nufuzli mukofotining “Eng yaxshi gazni qayta ishlash texnologiyasi nominatsiyasi”da kuchli uchlikka nomzod sifatida tanlangan edi.
Maʼlumot uchun: “Uzbekistan GTL” — “Oʻzbekneftgaz” AJ tarkibiga kiruvchi korxona boʻlib, dunyodagi eng yirik va eng ilgʻor zavodlardan biridir. Loyiha Oʻzbekistonning tabiiy gazni chuqur qayta ishlash quvvatlarini sezilarli darajada kengaytirish va uglevodorod xomashyosi importini keskin qisqartirishga qaratilgan.