Qayd etilishicha, joriy yilning 14-mart kuni soat 02:20 da Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan “Samarqand” yoʻl patrul xizmati maskanida “Buxoro-Toshkent”yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan buxorolik U.B. boshqaruvida boʻlgan GAZ rusumli avtotransport vositasining yukxonasida jami 1000 kg lahm goʻsht mahsulotlari borligi aniqlangan.
Maʼlum qilinishicha, avtomobil yukxonasiga ortilgan goʻsht mahsulotlari veterinariya-sanitariya hujjatlarisiz, suyakdan ajratilgan, yirik shoxli molga tegishli boʻlgan.
Ushbu goʻsht mahsulotlari Navoiy viloyati hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi markazi ekspertiza laboratoriyasining joriy yil 14-mart kunidagi xulosasiga koʻra, isteʼmolga yaroqsiz ekanligi maʼlum boʻlgan.
Shundan soʻng, goʻsht mahsulotlari yoqish yoʻli bilan yoʻq qilingan.