Qo'li shishgan bemor tez yordam bo'limiga yotqizilgan. Bundan tashqari, bemorning terisida ko'plab yaralar bor edi.
Ma'lum bo'lishicha, daydi mushuk odamni tishlab olgan. Erkak qoqsholga qarshi emlandi va unga antibiotiklar berildi, shundan so'ng u shifoxonadan chiqdi. Biroq bir kundan keyin u kasalxonaga qaytdi – infeksiya chap qo'lining o'rta barmog'iga va o'ng qo'lining kichik barmog'iga zarar yetkazgan. Shifokorlar shikastlangan to'qimalarni jarrohlik yo'li bilan olib tashlashdi.
Shifokorlar tahlillarga asoslanib streptokokka o'xshash ilgari noma'lum mikroorganizmni aniqlashdi. Bakterial genom ilgari qayd etilgan shtammlarning hech biriga mos kelmadi. Bu avval hech qaerda qayd etilmagan yangi mikrob bo'lib chiqdi.
Olimlarning ta'kidlashicha, mushuklarning tishlashi xavflidir. Ularning uzun o'tkir tishlari chuqur to'qimalarga zarar yetkazishi mumkin va so'lakning kirib borishi ikkilamchi infeksiyaning yuqori xavfini keltirib chiqaradi. Yangi tadqiqot mushuklar hali fanga ma'lum bo'lmagan yangi odam infeksiyalarining rezervuari bo'lishi mumkinligini ko'rsatdi, deb xabar beradi mir24.tv.