Boshqacha aytganda, “UzAuto Motors”ga bogʻliq boʻlmagan holatlar tufayli, yarimoʻtkazgichlardan (mikrochiplardan) tayyorlangan butlovchi qismlarning global taqchilligi sababli, kompaniya 3.1.1 bandini qoʻllashga hamda 3.1 bandda koʻrsatilgan Chevrolet Lacetti va Chevrolet Labo avtomobillarining kutilayotgan yetkazib berish muddatini 2 oyga uzaytirishga majbur ekanini xabar qildi.
“UzAuto Motors” ushbu ekstremal chora isteʼmolchilar tomonidan toʻgʻri tushunilib qabul qilinishiga umid qilmoqda.
“Hurmatli xaridorlar, sizni ishontirib aytamizki, uzoq kutilgan avtomobilingizni imkon qadar tezroq olishingiz uchun qoʻlimizdan kelgan barcha imkoniyatlarni qilamiz”, deyiladi xabarda.