Tekshiruv shuni koʻrsatdiki, ogʻriq sababi miya exinokokkozi – exinokokk lichinkalarining miyaga kirib borishi natijasida yuzaga keladigan kasallik. Ular oʻsib ulgʻayganida, bitta yoki koʻp sonli kistalar hosil qiladi.

Jarrohlik paytida bolaning miyasidan 10-15 ta tasmasimon qurt olib tashlandi. Kistaning uzunligi 15 santimetr va kengligi 10 santimetrni tashkil etgan.

Operatsiya ikki soat davom etdi va muvaffaqiyatli oʻtdi. Bola ikki kun jonlantirish boʻlimida yotdi, shundan soʻng u palataga oʻtkazildi. Bir hafta oʻtgach, bemor kasalxonaga yotqizildi, u shifokorlar nazoratida, deb xabar beradi mir24.tv.