Sog'lom ovqatlanish organizmning o'sishi, me'yoriy rivojlanishi va hayot kechirishi, salomatligini mustahkamlovchi hamda kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatini oshiruvchi sog'lom turmush tarzining eng asosiy omillaridan biridir.
COVID-19ning aholi orasida tarqalishini nazorat qilish juda murakkab. Shunga qaramasdan, ushbu infektsiyani bunday tez sur'atlarda tarqalishini to'xtatish o'z qo'limizda. Buning uchun shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish, immunitetni mustahkamlash va kasallik yuqtirgan odamlar bilan muloqot qilmaslikning o'zi kifoyadir.
Koronavirus kasalligi davrida parhez organizmni ozuqaviy moddalar, oqsil, yog' va karbonsuv, A va D vitaminlari, mineral moddalardan kal`tsiy, fosfor, magniy, kaliy, rux, selenga boy sog'lom oziq-ovqat mahsulotlarini iste'mol qilish talab etiladi.
Koronavirus vaqtidagi cheklovlar natijasida zaxira mahsulotlarni saqlash va ularning ishlatish talablariga rioya qilish kerak. Zaxira mahsulotlari muzlatilgan va konserva qilingan, quritilgan mahsulotlar turiga bo'linadi. Quritilgan mahsulotlarni saqlash va zararlanishining oldi olinsa kifoya, ishlatish mumkin, biroq, ayrim quritilgan go'sht mahsulotlariga talab kuchlidir.
Konserva mahsulotlarining muddatiga e'tibor qaratish va ularni ishlatishdan oldin sovuq suvda yuvish kerak, bunda uning tarkibidagi natriy miqdori kamaytiriladi.
Muzlatilgan mahsulotlarni iste'mol qilishda ularning harorati juda katta ahamiyatga ega. Muzlatilgan tsitrus mevalarni uy sharoitida yogurt sifatida ishlatish maqsadga muvofiqdir.
COVID-19 davrida, zanjabil, sarimsoq piyoz, rezavorlar, sut va sut mahsulotlari, dengiz o'simliklari, sabzavotlar, tuxum va dengiz baliq asosiy manba hisoblanadi.
Virusli kasalliklar, jumladan, gripp va koronavirus kasalliklarida oshqozon ferment ishlab chiqarishining buzilishi va ko'p hollarda oshqozon-ichak tizimi ish faoliyati izdan chiqishi kuzatiladi.
Bunday paytda hazmi oson va tarkibida barcha kerakli moddalar bo'lgan mahsulotlarni iste'mol qilish tavsiya etiladi. Bu esa o'z navbatida organizmdagi yo'qotishlar o'rnini qoplash va metabolik kasalliklar kelib chiqishining oldini olishdagi yagona yo'ldir.
Yodda tutishni unutmang, bu davrda siz oz-ozdan, tez-tez ovqatlanishingiz kerak bo'ladi. SHu bilan birga, sizga keragidan ortiq ovqatlanish ham mumkin emas, nega-ki, ovqat hazm qilish tizimiga ortiqcha yuk bu davrda juda xavfli hisoblanadi.
Oziq-ovqat mahsulotlarini qaynatilgan yoki bug'da dimlangan holda iste'mol qilish talab etiladi.
Ushbu davrda har qanday oziq-ovqat oshqozon-ichak tizimida iloji boricha ko'proq zahiralanishi kerakligini unutmang.
Idishlarning harorati -150Sdan 650S orasida bo'lishi shart.
Kasallik davrida ko'p suyuqlik ichishga alohida e'tibor berilishi kerak, chunki tana harorati yuqori bo'lganda organizm ko'p suyuqlik yo'qotadi. Bundan tashqari, holsizlik bilan kurashish zarur, shuning uchun organizmga bu davrda kuniga 2-2,5 litr suyuqlik ichish kerak bo'ladi
COVID-19 davrida bulyon yoki sabzavotli sho'rvalar, bug'langan kotletlar va go'shtli sufle (mol, tovuq, kurka go'shti), qaynatilgan yoki bug'langan baliq go'shti (sudak, treska, xek), fermentlarga boy sut mahsulotlari (kefir, yogurt), tvorog va undan pishirilgan pishiriqlar (sufle), tuxum (omlet shaklida), yaxshi qaynatilgan yormalar, qaynatilgan yoki bug'da pishirilgan sabzavotlar, kartoshka p`yuresi, muss, jele, pishgan olma, limonli choy, kompotlar, sutli kakao.
O'tkir infeksiyali kasalliklarda vitaminlar va minerallarga bo'lgan talab ortadi.
Oqsilning ahamiyati — virusli infektsiya paytida oqsilga bo'lgan ehtiyoj ortadi. Kasallikning o'tkir davrida oqsil yo'qotilishi kuniga 150-200 grammga etishi mumkin!
Agar Siz oqsil tarkibiy qismini qoplay olmasangiz, tanangiz juda tez toliqadi, infektsiyaga qarshi kurash kechikib, kasallik jarayoni va tiklanish bashorati yomonlashadi.
Shuning uchun, etarli miqdordagi oqsil miqdori ovqatlanishda alohida ahamiyatga ega. Kasallik paytida ishtahaning pasayganligi sababli, oqsil aralashmalari oqsil manbai uchun juda yaxshi tanlovdir.
Nutritsiologlar, ovqatlanish sohasi mutaxassislari COVID-19 yuqtirgan shaxslarni qanday ovqatlanishlari kerakligi borasida tavsiya berib borishadi.
Ushbu kasallikda 2-parhez buyuriladi.
Bu parhez odatda me'da sekretori faoliyati etarli bo'lmagan kasalliklar uchun ishlatiladi (gastrit va kolit).
Bu ratsion yo'g'on tolalarni cheklash bilan bog'liq. Bundan tashqari, koronavirus yuqtirgan bemorlar achchiq ovqat, ziravorlarni iste'mol qilishlari tavsiya etilmaydi. Oziq-ovqat mahsulotlari to'g'ralgan shaklda tayyorlanishi kerak. Dudlangan mahsulotlarni butunlay iste'moldan cheklash shart! Shu jumladan, konserva mahsulotlarini ham iste'mol qilish mumkin emas.
Koronavirus infeksiyasi bilan og'rigan bemorlarning asosiy taomlar ratsioniga yog'siz go'sht, baliq va parranda go'shtidan (terisiz va qo'pol qo'shimchalarsiz) iborat bo'ladi.
Tuzalgandan so'ng, bemorlar boshqa parhezga o'tadi — bu esa aslida deyarli to'laqonli ovqatlanish hisoblanib, bunda oziq-ovqat cheklovlarini nazarda tutmaydi. Koronavirusga chalingan bemorlar to'g'ri ovqatlanishdan tashqari vitaminlar majmuasi, askorbin kislotasi, tomirlar devorini mustahkamlash uchun P-vitamin kerak bo'ladi.
Pandemiya davrida harakatsiz turmush tarzi tufayli ovqatlanish mutaxassislari kunlik ovqatlanish miqdori 2000 kkaldan oshmasligiga e'tibor berishadi. Ammo taomnoma turli xil mahsulotlardan iborat bo'lishi kerak.
Tananing hujayralari uchun asosiy qurilish materiali bo'lgan oqsilning yuqori miqdoridan tashqari temir, magniy, kaliy, kaltsiy, shuningdek, tsink kabi minerallar limfotsitlar ishlab chiqarishni ko'paytiradi, viruslarning ko'payishiga to'sqinlik qiladi hamda infektsiya muddatini qisqartiradi va yallig'lanishga qarshi xususiyatga ega.
Fermentlangan sut mahsulotlari — Odamlarda kasallik paytida CLT mikroflorasi zararlanib, organizmning umumiy qarshiligini pasaytiradi. Fermentatsiya qilingan sut mahsulotlari kaltsiy, A va V guruh vitaminlari manbai hisoblanadi.
Laktobakteriyalarning yuqori miqdori (Laktobatsillus) ichak mikroflorasini dorilar va zararli bakteriyalarning agressiv ta'siridan himoya qiladi. Koronavirusli bemorning kunlik ratsionida kamida 200 ml fermentlangan sut mahsulotlari bo'lishi kerak.
Go'sht — hayvonlardan olinadigan oqsil, shuningdek, B, PP guruh vitaminlari asab tizimiga foydali ta'sir ko'rsatadi, metabolizmni normallashtiradi, tanani kuchaytiradi. Oziq-ovqat jihatidan go'sht tanani bakteriyalar, viruslar va hujayradan tashqari parazitlardan himoya qilishda muhim o'rin tutadigan immunitet oqsillari bilan bir qatorda, organizmga to'qimalarni qurish va gormonlarni sintez qilish uchun zarur bo'lgan sog'lom oqsil manbai hisoblanadi.
Tuxum-kletchatka ovqat hazm qilish jarayoniga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, to'yganlik hissini beradi. Yormalarning sifatini yaxshilash uchun uni pishirishdan oldin 5-7 soat davomida namlash kerak. Bu vaqt ichida fermentatsiya jarayoni don tarkibida boshlanadi va pishganidan keyin bo'tqa foydali mikroelementlarning qo'shimcha manbaiga aylanadi.
Tuxumlar shuningdek, selen bilan boyitilgan bo'lib, ularning eng muhim vazifasi kuchli antioksidant — glutation peroksidaza fermentini yaratishdir.
U eritrotsitlar va hujayralar membranalarini erkin radikallarning zararli ta'siridan himoya qiladi.
Baliq — Paltus, qizil ikra, sel`d, tunets, makkel va sardalya kabi dengiz baliqlarida Omega-3 kislotalari ko'p bo'lib, ular organizmning immun tizimiga foydali ta'sir ko'rsatadigan, eykozonoidlar deb ataladigan yallig'lanishga qarshi gormonlar ishlab chiqarish uchun asos yaratadi. Organizmning me'yoriy ishlashi uchun kuniga 1 gramm Omega-3 yog' kislotasi kerak bo'ladi. YUqumli kasalliklar tarqalgan davrda organizm immun tizimini saqlash ayniqsa zarur.
Ichimliklar — Virusli kasallikning dastlabki alomatlarida ko'p ichimlik ichish tavsiya etiladi. Suyuqlikni iste'mol qilish tanadagi suvsizlanishning oldini oladi. Shirin choy, kompot nafaqat tomoq shilliq qavatini namlaydi, balki ishtaha bo'lmaganda tanani qo'llab-quvvatlaydi.
Koronavirusning birinchi alomatlarida shifokorlar an'anaviy choy o'rniga parhez tarkibiga kiruvchi antiseptik xususiyatlarga ega dorivor o'simliklar (moychechak, na'matak) qaynatmalarini kiritishni tavsiya etadi. Ortiqcha namatak qonni quyiqlashtirishi mumkin.
Sarimsoq piyoz — Sarimsoq piyoz azaldan eng ishonchli tabiiy virusga qarshi vosita hisoblanadi. So'nggi tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, ular koronavirusga qarshi kurashda juda samarali emas. Ammo ko'p miqdordagi ozuqaviy moddalar tufayli bu sabzavotlar immun tizimini kuchaytiradi, organizmning qarshiligini oshirishga xizmat qiladi.
Zanjabil — sarimsoq piyozdan farqli o'laroq yoqimli hidga ega bo'lgan zanjabil, tarkibida askorbin kislotasi, V, A vitaminlari, rux, kaltsiy, yod, tabiiy antibiotiklar va zamburug'larga qarshi elementlarning ko'pligi tufayli sarimsoq bilan birga qo'llaniladi.
Zanjabilning faol moddasi — gingerol — yallig'lanish va surunkali og'riqni sezilarli darajada engillashtiradi. Shuningdek, zanjabil tanani deyarli barcha turdagi toksinlardan tozalashga yordam berishi ma'lum.
Ismaloq — O'simlikning yashil barglari iste'mol qilinishiga qaramay, u sabzavotlarga tegishli. Muzlatilgan ismaloq yangi uzilgan ismaloq kabi foydali emas. Uning barglaridan sho'rvalar, salatlar tayyorlash, asosiy taomlarga qo'shimcha sifatida foydalanish mumkin.
Shuningdek, sabzi, lavlagi, sholg'om vitaminlar va foydali mikroelementlar omboridir. Ratsionda mavjud bo'lgan ushbu sabzavotlar qon tarkibini yaxshilaydi, yurak-qon tomir, oshqozon-ichak tizimlari ish faoliyatiga foydali ta'sir ko'rsatadi.
Ildiz sabzavotlaridan salatlar tayyorlash (yangi tozalangan sabzavotlarni kesib) yoki sho'rvalarga qo'shish mumkin.
Karam — tuzlangan karam. Bu kuchli antioksidant, C vitamini manbai, ammo tuzlangan karamni oshqozonning kislotaligi yuqori bo'lgan odamlar ehtiyotkorlik bilan iste'mol qilishlari kerak.
Oq karam. Ushbu parhez sabzavot tanadagi metabolizmni me'yorlashtirish, ovqat hazm qilish traktiga foydali ta'sir ko'rsatadi.
Gulkaram va brokkoli. Olimlar ushbu sabzavotlar organizmning viruslar va bakterial infektsiyalarga chidamliligini oshirishini isbotladi.
Askorbin kislota, ya'ni S vitaminini saqlovchi mahsulotlar — Sitrus mevalar, maymunjon, kivi, qora qarag'at (smorodina), qulupnay, olma, xurmo, karam, Bryussel gullari va gulkaram, qo'ng'iroq qalampiri va bargli ko'katlar (petrushka, arpabodiyon).
Rang-barang sabzavotlar va dengiz o'tlari: ularning pigmentlari (xlorofill, astaksantin, beta-karotin) antioksidant xususiyatlarga ega ekanligi ma'lum va immunitetni mustahkamlashda juda samarali. Ularga bulg'or qalampiri, oshqovoq, brokkoli va dengiz o'tlari kiradi.
Kartoshka. Bu buyrak faoliyatini normallashtiradi, tarkibida inson organizmi uchun zarur bo'lgan aminokislotalar mavjud. Kartoshka pishiriladi yoki po'sti bilan qaynatiladi.
Dukkaklilar. Dukkakli ekinlar foydali o'simlik tarkibidagi oqsil, tola, bir qator vitaminlar va ozuqaviy moddalar manbai hisoblanadi.