Bergxofer Tibbiyot tadqiqot instituti mutaxassislarining fikricha, agar bemorlar yurak kasalliklari uchun dori-darmonlarni qabul qilishsa, D vitaminining himoya xususiyatlari kuchayadi.

Olti yil davom etgan tadqiqotda avstraliyalik 60-84 yoshli 20 mingdan ortiq keksa odamlar ishtirok etdi. Besh yil davomida bir guruh har oy D3 vitaminini, ikkinchisi esa platsebo qabul qildi. Ularning salomatligi muntazam tekshirildi.

Mutaxassislar D vitamini qabul qilgan guruhda yurak-qon tomir kasalliklarining o'tkir holatlari 9 foiz, yurak xurujlari esa 19 foiz kam uchrashini aniqlashdi, deb xabar beradi mir24.tv.