Xabarda taʼkidlanishicha, ushbu mahallada istiqomat qiluvchi bir guruh fuqarolarning murojaatiga asosan mazkur manzilda bundan avval ham Davlat ekologiya qo‘mitasi va Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan atroflicha o‘rganish ishlari olib borilgan.
O‘rganishda hududda qurilish ishlari amalga oshirilmayotganligi aniqlanib, hududdagi 1000 tupdan ziyod bo‘lgan turli xil mevali va manzarali daraxtlar to‘liq xatlovdan o‘tkazilgan hamda mahalla ahli bilan tashkil etilgan uchrashuvda hudud nazoratga olingani maʼlum qilingan edi.
"Bugun Qo‘mita masʼullari, Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi inspektorlari ushbu manzilda yana bir bor bo‘lib, o‘rganish ishlarini olib bordi. Hozirgi kunda mazkur hududda qurilish bo‘lmayotgani, hududdagi xatlovdan o‘tkazilgan 1000 tupdan ziyod turli xil mevali va manzarali daraxtlar kesilmagani hamda shikastlantirilmagani maʼlum bo‘ldi", deyiladi xabarda.