Agentlikning my.argos.uz platformasida davlat fuqarolik xizmatchilari toʻgʻrisida barcha maʼlumotlar mavjud boʻlib, ushbu tizim orqali davlat fuqarolik xizmatchisi oʻz faoliyati bilan bogʻliq maʼlumotlar bilan ishlashi, shuningdek, qoʻshimcha interaktiv xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega. Mazkur platforma vakansiyalar portali bilan integratsiya qilingan.

Shuningdek, davlat fuqarolik xizmatining rahbarlik lavozimlari zaxirasiga kiritilgan nomzodlar haqidagi maʼlumotlar — koʻnikma va kompetensiyalari, mehnat faoliyati hamda assesment natijalari boʻyicha koʻrsatkichlardan tashkil topgan elektron portfolio ishlab chiqildi.