Davlat madhiyasiga nisbatan hurmatsizlik qilganlik uchun qanday javobgarlik mavjud?

    Bilasizmi? 1 Fevral 2023 2873

    Har bir shaxs Davlat ramzlariga ehtirom bilan qarashi va hurmat qilish shart.

    Davlatimiz ramzlari xususan, Davlat madhiyasiga nisbatan hurmatsizlik qilganlik uchun qanday javobgarlik mavjud?

    Javob: Oʻzbekiston Respublikasining davlat ramzlari davlat suverenitetining va xalqaro munosabatlarda Oʻzbekiston timsoli hisoblanadi.

    Davlat ramzlari har bir xalqning gʻururi va iftixoridir.

    Har bir shaxs Davlat ramzlariga ehtirom bilan qarashi va hurmat qilish shart.

    Qonunchilikka koʻra, davlat ramzlariga nisbatan hurmatsizlik qilganlik uchun maʼmuriy hamda jinoiy javobgarlik belgilangan.

    Jumladan, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga koʻra, Davlat ramzlariga oid qonunchilikni buzgan fuqarolarga BXMning uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga – uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

    Jinoyat kodeksi asosan esa davlat ramzlariga hurmatsizlik qilish BXMning yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.