Unga koʻra, Strategiya quyidagilarni nazarda tutadi:
- barqaror davlat xaridlarini tizimli rivojlantirish, shu jumladan, “yashil” davlat xaridlarini kengaytirish;
- davlat xaridlari sohasida raqamli texnologiyalardan foydalanishni kengaytirish;
- davlat xaridlari ishtirokchilarining shartnoma majburiyatlariga rioya etishini monitoring, tahlil va nazorat qilishning raqamli texnologiyalarga asoslangan kompleks dasturini joriy etish;
- davlat xaridlari sohasida xavfni boshqarish, manfaatlar toʻqnashuvi va affillanganlik holatlari, korrupsiya va qonunchilikka zid holatlarni aniqlash hamda ularning oldini olish choralarini koʻrish;
- davlat xaridlarida tadbirkorlarning ishtirokini kengaytirish;
- davlat xaridlari sohasida normativ-huquqiy hujjatlar, oʻquv-uslubiy, ilmiy va axborot-tahliliy bazani takomillashtirish.
Shuningdek, 2025-2027-yillarda davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.