Avvalo, odamda koʻrish qobiliyatining buzilishi, obyektlarning harakatlanish masofasi va tezligini baholash bilan bogʻliq muammolar yuzaga keladi. Ikkinchidan, nutqni toʻliq yoki qisman yoʻqotish, shuningdek fikrlarni ifoda etish uchun soʻzlarni topish qiyin boʻladi. Uchinchidan, odam tushkunlikka tushishi, asabiylashishi va oʻziga ishonmasligi mumkin.

Toʻrtinchidan, demensiya rivojlanayotgan bemor vaqt va joyni yoʻqotib qoʻyaveradi. Beshinchi alomat — bu xotirani yoʻqotish.

Ilgari oʻrtacha yoshdagi muntazam uyqusizlik qarilikda demensiya xavfi ortishi bilan bogʻliqligi tan olingan.

Demensiya — bu orttirilgan aqliy zaiflik. Ilgari olingan bilim va amaliy koʻnikmalarning u yoki bu darajada yoʻqolishi bilan aqliy faoliyatning doimiy pasayishi. Koʻpincha, bu holat keksalik davrida kuzatiladi.

Har yili dunyoda oʻn millionga yaqin demensiya kasalligi qayd etiladi.