“Agar men sogʻlom boʻtqalar reytingini tuzadigan boʻlsam, suvda qaynatilgan grechka boʻtqasini birinchi oʻringa qoʻygan boʻlardim. Va yashil grechka pyuresi bular orasida eng ideali”, dedi shifokor.
Yashil grechka termal ishlov berilmagan grechka donidir, buning natijasida u maksimal foydali xususiyatlarni saqlab qoldi.
Grechkadagi B vitaminlar guruhi, shu jumladan foliy kislotasi, asab, immunitet, ovqat hazm qilish tizimlarining ishlashi, energiya almashinuvini yaxshilaydi.
Ye vitamini asab, mushak, reproduktiv tizimlarning ishlashida ishtirok etadi, Alsgeymer kasalligining rivojlanishidan himoya qiladi.
S vitamini rutin – antioksidant polifenol bilan birga qon tomirlari devorini mustahkamlaydi, lipid almashinuvini tartibga soladi, qon-tomir kasalliklarining oldini oladi.
Grechka kaliy, rux, kalsiy, temir kabi mikroelementlarga ega. Shuning uchun kuniga 150-200 gramm grechka donini muntazam isteʼmol qilish organizmda ushbu mikroelementlar yetishmovchiligining oldini olishga yordam beradi, deyiladi mail.ru saytida.









