Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining navbatdagi hisobotiga koʻra, joriy yil 30-yanvardan 26-fevralgacha boʻlgan davrda dunyo boʻyicha 5 millionga yaqin kishi SOVID-19 infeksiyasini yuqtirgan. Ularning 39 ming nafardan ortigʻi kasallik oqibatida hayotdan koʻz yumdi.
Shunga qaramay, statistik tahlillar oʻtgan toʻrt hafta ichida xastalikka chalinish koʻrsatkichlari undan avvalgi 28 kunga nisbatan 66 foiz, oʻlim holatlari esa 76 foizga kamayganini tasdiqlaydi.
Umuman, JSST tahlillariga koʻra, pandemiya boshlanganidan buyon Yer yuzida 759 millionga yaqin kishiga koronavirus tashxisi qoʻyilib, bemorlardan 685 ming nafardan ziyodi vafot etgan.
Ekspertlar xulosasiga koʻra, keyingi ikki oyda pandemiya chekinmoqda. Ammo xastalikni toʻliq jilovlash uchun sayyoramiz aholisining katta qismi toʻliq bosqichda va buster dozada emlanishi kerak.