Yosh dramaturg Uchqun Oʻsarov inssenirovkasi asosida rejissyorlar Bahodir Mirmaqsudov hamda Muxtor Reymov tomonidan sahnalashtirilgan spektakl taqdimotida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari Bahodir Ahmedov, teatrlar va sirk sanʼatini rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi Ozodjon Yuldashev hamda vazirlik qoshidagi badiiy kengash aʼzolari mutaxassislari ishtirok etishdi.
Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari Bahodir Ahmedov soʻzga chiqib, bugungi kunda Madaniyat vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar hamda sanʼat sohasida yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor xususida gapirdi. Spektakl toʻgʻrisidagi ijobiy fikrlar, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar toʻgʻrisida ham toʻxtalib oʻtildi, taklif va tavsiyalar berildi, deb xabar beradi Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.