Bugungi kunda 170 dan ortiq mamlakatlardagi 1 mln.dan ortiq firma va tashkilotlar ushbu sertifikatga ega bo'lgan.

 Ushbu sertifikatni qo'lga kiritish uchun DXAda qanday ishlar amalga oshirildi?

Birinchidan, Davlat xizmatlari agentligining ish faoliyati chuqur o'rganilib va atroflicha tahlil qilinib, Agentlikning ish jarayonlari va ularning natijasini baholash mezonlari ishlab chiqildi. Unga ko'ra, har yarim yillik yakuni bo'yicha agentlik ish faoliyati jarayonlari va ularning natijalari oldindan belgilangan mezonlarga ko'ra baholab boriladi.

Ikkinchidan, agentlik ish faoliyatining barcha yo'nalishlari bo'yicha erishilishi lozim bo'lgan maqsadli ko'rsatkichlar belgilab olindi. Mazkur manzilli ko'rsatkichlarga erishilishi holati har hisobot davrida (chorak, yarim yillik va yillik) monitoring qilib boriladi.

Uchinchidan, Davlat xizmatlari agentligining ish faoliyatini amalga oshirishda tashqi va ichki imkoniyatlar va xavf-xatarlar, manfaatdor tomonlar va ularning talablari aniqlashtirish bo'yicha tahlil o'tkazilib, boshqaruv ish-faoliyati sifatiga ta'sir qiluvchi xavf-xatarlarni kamaytirish va sifatni yanada oshirish bo'yicha ish rejalar ishlab chiqildi. Bunda ish rejalarini amalga oshirish natijalari asosida boshqaruv ish faoliyati har hisobot davrida auditdan o'tkazilib, sifatga salbiy ta'sir qiluvchi omillar bartaraf qilib boriladi.

To'rtinchidan, an'anaviy tarzda hisobotdagi ko'rsatkichlarni miqdoridan kelib chiqib baholashdan voz kechilib, har bir yo'nalish va soha bo'yicha alohida maqsadli, manzilli mezonlar belgilab olindi va ushbu mezonlarni erishilganiga qarab baholash tizimi joriy qilindi.

Masalan, standart talablari bo'yicha sifat mezoni sifatida:

Davlat xizmatlari agentligining faoliyatida keraksiz hisobot ko'rsatkichlari ortidan quvish emas, balki davlat xizmatlari ko'rsatish sohasida fuqarolarning aniq qonuniy talablari, manfaatlari va huquqlariga rioya qilinishi va himoya qilinishini to'liq ta'minlanishi bo'yicha ko'rsatkichlarga e'tibor qaratilishiga;

turli davlat organlarida hujjatlarni rasmiylashtirish bo'yicha murakkab tartib-taomillar o'rniga davlat xizmatlari ko'rsatish sohasida ularning sifati, tezkorligi, shaffofligi va foydalanish imkoniyatini tubdan oshirish orqali ortiqcha tartib-taomillarni bartaraf etish, vakolatli davlat organlari va boshqa tashkilotlar zarur hujjatlar va axborotlarni boshqa tuzilmalardan mustaqil ravishda olishi hisobiga soddalashtirishni nazarda tutuvchi ma'muriy reglamentlarni tasdiqlash;

offlayn xizmatlar o'rniga davlat xizmatlari ko'rsatishning maqbul, qulay va shaffof uslublaridan foydalanish, mazkur sohada byurokratiya va korruptsiya yuzaga kelishini bartaraf etishga qaratilgan innovatsion echimlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal joriy etish, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ma'lumotlar bazalarini idoralararo elektron hamkorlik yagona tizimiga integratsiya qilish, O'zbekiston Respublikasi YAgona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlari ko'rsatish amaliyotini kengaytirish;

qonunchilik hujjatlariga tahririy va amaliy jihatdan ahamiyatsiz takliflarni o'rniga aholi va tadbirkorlarning og'irini engil qiluvchi hamda ortiqcha ma'muriy tartib-taomillarni bekor qiluvchi takliflar taqdim qilinishiga erishildi.

Xulosa sifatida aytish mumkinki, Davlat xizmatlari agentligining faoliyati samaradorligi va sifatini oshirish, davlat xizmatlari ko'rsatish tizimini takomillashtirishni tashkil etish va ularni ko'rsatish sifati monitoringini olib borish hamda davlat xizmatlari ko'rsatishning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish orqali jismoniy va yuridik shaxslarning davlat xizmatlariga bo'lgan talablari, huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishi va himoya qilinishini to'liq ta'minlanishiga erishish ustuvor maqsad qilib olingan.