Biroq vafotidan soʻng uning oilasiga korxona tomonidan moddiy yordam koʻrsatilmagan.
Marhumning turmush oʻrtogʻi F.Usmonova korxona tomonidan toʻlanishi lozim boʻlgan bir martalik nafaqa hamda oyma-oy zarar toʻlovlarini undirishda amaliy yordam soʻrab Qashqadaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasiga murojaat qilgan.
Murojaat belgilangan tartibda oʻrganilib, fuqarolik ishlari boʻyicha Yakkabogʻ tumanlararo sudiga daʼvo arizasi kiritildi. Sudning hal qiluv qaroriga asosan F.Usmonova foydasiga (oʻzi va voyaga yetmagan 2 nafar farzandi uchun) 126 million soʻm miqdoridagi pul mablagʻlarini undirish belgilandi.
Shuningdek, sud qarorida 2 nafar farzandi voyaga yetguniga qadar ularning har biriga 440 ming soʻmdan toʻlab borilishi belgilandi.