“Enter engineering” ishchisiga 57 ming AQSH dollar miqdoridagi oylik ish haqi undirib berildi

    Ijtimoiy hayot 28 Yanvar 2025 816

    Korxona xodimi oʻtgan yilda toʻlanmagan oylik ish haqini undirishda Chilonzor tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimiga murojaat qilgan.

    Qayd etilishicha, shu yilning 13-yanvar kuni “Enter engineering” korxonasi xodimi Pus Ilya Nikolayevich 2024-yil iyun oyidan noyabr oyiga qadar toʻlanmay kelayotgan oylik ish haqini undirishda amaliy yordam soʻrab Chilonzor tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimiga murojaat qilgan.

    Murojaat belgilangan tartibda oʻrganib chiqilib, xodimga 57 ming AQSH dollari miqdoridagi oylik ish haqi va hisob-kitob pullari undirib berildi.