Kuzda dunyoda koronavirus infeksiyasining ikkinchi toʻlqini kutilishi mumkin, dedi epidemiolog va virusli infeksiyalarni nazorat qilish va oldini olish boʻyicha mutaxassis Mixail Favorov.

“Avgust oyida va sentyabr oʻrtalariga qadar bizda tanaffus boʻladi. Ammo yana bir mavsumiy tebranish yuzaga keladi” dedi u.

Mutaxassisning fikriga koʻra mavsumiy koʻtarilish oktyabr oyida boshlanishi mumkin va bu davrda kasal boʻlganlar yozda yuqtirganlarga qaraganda infeksiyani ogʻirroq oʻtkazadi.

“Kasallik kuzatilmagan boshqa joylarda boʻlganidek bu qoʻrqinchli boʻlmaydi, lekin u baribir yuzaga kelishi mumkin, chunki, aholining 70 foizi emlanganda epidemiya toʻxtaydi. Moskvada esa bu bor-yoʻgʻi 30 foizni tashkil qiladi”, — dedi Favorov.

Ekspert shuningdek, Rossiyaning ayrim hududlarida COVID-19 bilan bogʻliq vaziyat qanday rivojlanishini bashorat qilgan.

"Moskvada sekin koʻtarilish juda erta boshlanadi. Virus hozirgi holat bilan taqqoslaganda biroz tajovuzkorroq boʻladi. Sekin, ammo ishonch bilan koʻtarilish boshlanadi, ammo raqamlar aprel oyidagi darajaga yetib bormaydi. Ehtimol noyabr-yanvar oylarida raqamlarda oʻsish kuzatilar, ammo keyin bosqichma-bosqich pasayish boshlanadi, sekin oʻsishi kuzatiladi, uni boshqarish juda oson boʻladi”, — dedi epidemiolog.

Favorovning soʻzlariga koʻra, Sankt-Peterburg mavsumiy oʻsishga jiddiyroq tayyorlanishi kerak. “Sochiga kelsak, men barcha qirgʻoq boʻyi shaharlarida rasm yana-da xiralashganiga ishonaman. Kartina Moskva va Sankt-Peterburg oʻrtasida boʻladi”, — deya xulosa qildi u.

Mutaxassis, shuningdek, tibbiy niqoblarni yana ikki yil davomida taqish kerakligini taklif qildi.