Bu jarayonda sunʼiy intellekt texnologiyasidan foydalaniladi.
Tadqiqotchilar yangi turdagi tekshiruvni 108 nafar kishida sinovdan oʻtkazdi. Ularning yarmi fotosensitiv boʻlmagan epilepsiya bilan ogʻrigan bemorlar, qolgan qismi esa sogʻlom insonlar edi.
Maʼlum boʻlishicha, yangi tahlil usuli epilepsiyaning fotosensitiv boʻlmagan turiga 71 foiz aniqlikda tashxis qoʻyish imkonini beradi. Kelgusida mazkur yangilik keng qamrovda sinovdan oʻtkazilishi kutilmoqda.
Maʼlumot oʻrnida: Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotiga koʻra, sayyoramiz boʻyicha 50 milliondan ortiq kishi epilepsiya kasalligidan aziyat chekmoqda. Achinarlisi, keyingi davrda ular soni yiliga 5 million nafarga ortyapti.
Bu patologiya – bosh miyaning surunkali xastaligi. U 70 foiz holatda 20 yoshgacha boʻlgan davrda rivojlanadi.
Biroq epilepsiya har doim ham yaqqol alomatlar bilan namoyon boʻlmaydi. Bu esa xastalikni erta bosqichda aniqlash imkonini pasaytiradi. Oqibatda turli asoratlar kelib chiqishi mumkin.
Masalan, fotostimulyatsiya — kasallikka tashxis qoʻyishning asosiy usullaridan biri. Bu jarayonda tibbiy texnologiya yordamida bemor koʻziga yorqin nur chaqnashlari yoʻnaltiriladi.
Ammo mazkur usul faqat fotosensitiv epilepsiyani aniqlashda qoʻl keladi. Xastalikning yorugʻlikka sezuvchanligi boʻlmagan turiga tashxis qoʻyishda esa yangi diagnostika usullariga ehtiyoj bor edi.