“Islom inqilobi g'alabasining 45 yilligi arafasida Eron Simurg' raketasi yordamida mahalliy uchta sun'iy yo'ldoshni koinotga muvaffaqiyatli uchirdi”, deyiladi xabarda.

Gap Mahda nomli hamda ikkita nanosun'iy yo'ldoshi haqida bormoqda.

Mahda sun'iy yo'ldoshining asosiy vazifasi Yerning pastki orbitasiga fazoviy yuklarni ko'p bor uchirishda Simurg' raketasining aniqligini sinovdan o'tkazish, shuningdek, ba'zi yangi ishlanmalar samaradorligini va koinotdagi mahalliy texnologiyalarning ishonchliligini baholashdan iborat”, deb xabar beradi agentlik.

Mahda sun'iy yo'ldoshi Eron koinot tadqiqotlari instituti tomonidan ishlab chiqilgan. Simurg' esa Eron Mudofaa vazirligi tomonidan yaratilgan ikki bosqichli suyuq yonilg'i raketasidir, deb xabar beradi korrespondent.net.