Reglamentga koʻra, ushbu davlat xizmati davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP orqali koʻrsatiladi.

Suv hisoblash vositalari bilan jihozlanmagan yerosti suv olish inshootlaridan foydalanish taqiqlanadi.

Yerosti suv olish inshootlaridan olinayotgan suv hisobini yuritish uchun faqat Oʻzbekiston Respublikasida oʻlchash vositalari davlat reyestriga kiritilgan turlardagi suv hisoblash vositalarining oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyiladi.

Suv hisoblash vositalari nasosli quduqlarda suv chiqishini boshqarish qurilmasidan oldin, favvorali quduqlar va buloqlarda boshqarish qurilmasidan keyin oʻrnatilishi lozim.

Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun BHMning 50 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.

Hududiy gidrogeologiya stansiyalari va tuman (shahar) soliq inspeksiyalari soʻrovnoma yuborilgach, 10 kun muddatda yerosti suv olish inshootlarida oʻrnatilgan suv hisoblash vositalarini roʻyxatga oladi va muhrlaydi.