AQSH olimlari fikricha, ular orasida BQ.1 va BQ.1.1 versiyalari nisbatan xavotirli. Chunki bu variantlar immunitetga oson “chap berish” xususiyatiga ega. Qolaversa, avvalgi shtammlarga nisbatan inson hujayralari bilan yaxshiroq aloqaga kirisha oladi. Ayni paytda mazkur mutatsiyalar AQSH va Yevropada keng tarqalmoqda.
Xususan, Qoʻshma Shtatlarda uning ulushi 35 foizdan ortgan. Shundan 16,5 foizi BQ.1 va qariyb 19 foizi BQ.1.1 variantlariga tegishli. Vaholanki, oʻtgan oy boshida bu koʻrsatkich atigi 2 foizni tashkil etayotgan edi.
Prognozlarga koʻra, agar tegishli profilaktik chora-tadbirlar kuchaytirilmasa, ushbu yangi mutatsiyalar yaqin kelajakda dominant versiyaga aylanishi mumkin. Negaki, BQ.1.1 tez tarqalish xususiyatiga egaligi, yaʼni bir hafta ichida ikki baravar koʻpaya olishi laborator tekshiruvlar davomida tasdiqlangan.