Koʻzoynak narxi 299 dollarni tashkil qiladi.
Oddiy qora koʻzoynakdan deyarli farq qilmaydigan koʻzoynaklar old tomoniga qaragan 5 megapikselli ikkita kamera bilan jihozlangan. Ular video va suratga olishi mumkin. Qurilma Facebook View ilovasi bilan sinxronlanadi, u orqali fayllarni boshqa ilovalarga yuklashingiz mumkin. Koʻzoynak xotirasi 30 yarim daqiqali video yoki 500 ta fotosuratga moʻljallangan.
Koʻzoynakni musiqa tinglash va qoʻngʻiroqlarni qabul qilish uchun minigarnituralar sifatida ham ishlatish mumkin, chunki ushlagichga dinamiklar oʻrnatilgan. Koʻzoynak 6 soatgacha ishlaydi va zaryadlash uchun bir soat vaqt ketadi.