Xususan:
- Birlashgan Arab Amirliklarida 96 davlat ishtirokida oʻtkazilgan Xalqaro kimyo olimpiadasida — 2 ta oltin, 2 ta kumush;
- Avstraliyada 105 davlat ishtirokida oʻtkazilgan Xalqaro matematika olimpiadasida — 4 ta kumush, 1 ta bronza;
- Boliviyada 90 dan ortiq davlat ishtirokida oʻtkazilgan Xalqaro informatika olimpiadasida — 1 ta kumush, 1 ta bronza;
- Parij shahrida 96 ta davlat ishtirokida oʻtkazilgan Xalqaro fizika olimpiadasida — 2 ta bronza medallari sohibi boʻldi.
Daler Rahimov — qariyb 1 mlrd 40 mln soʻm sohibi!
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchisi Daler Rahimov qariyb 1 mlrd 40 mln soʻm, xususan:
- 57-Xalqaro kimyo olimpiadasining oltin medali uchun — 1 mlrd 30 mln soʻm;
- 59-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasining oltin medali uchun — 4 mln 944 ming soʻm;
- Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasining oltin medali uchun — 4 mln 944 ming soʻm mukofotga ega boʻldi.
Mirjaxon Muhammadov ham qariyb 1 mlrd 40 mln soʻm bilan taqdirlandi
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning yana bir oʻquvchisi Mirjaxon Muhammadov ham:
- 57-Xalqaro kimyo olimpiadasining oltin medali uchun — 1 mlrd 30 mln soʻm;
- 59-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasining oltin medali uchun — 4 mln 944 ming soʻm;
- Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasining oltin medali uchun — 4 mln 944 ming soʻm bilan taqdirlandi.
Joriy yilda xalqaro fan olimpiadalari gʻoliblari, ularning ustozlarini taqdirlash uchun davlat byudjetidan jami 12 mlrd 424 mln soʻmga yaqin mablagʻ ajratilgan (2019-yilgi 780 mln soʻmdan qariyb 17,5 barobarga koʻp).
Xalqaro olimpiadalarda 13 ta, mintaqaviy olimpiadalarda 138 ta medal
Oʻquvchilarimiz xalqaro va mintaqaviy olimpiadalarda umumiy 151 ta medalga ega boʻlishdi. Xususan:
- Iordaniyada 62 ta davlat ishtirokida oʻtkazilgan Xalqaro ingliz tili olimpiadasida — 7 ta kumush (5 ta kubok);
- Tailandda 50 ta davlat ishtirokida oʻtkazilgan Xalqaro geografiya olimpiadasida — 2 ta bronza;
- Boku shahrida 42 ta davlat ishtirokida oʻtkazilgan Xalqaro iqtisod olimpiadasida — 1 ta kumush, 1 ta bronza,
- shuningdek, 14 ta mintaqaviy olimpiadada umumiy hisobda 138 ta (27 ta oltin, 41 ta kumush, 70 ta bronza) medalni qoʻlga kiritdi.
Umumiy natija — 210 ta medal, ularning 40 tasi oltin!
2025-yilda yurtimiz oʻquvchilari 29 ta xalqaro olimpiadada munosib ishtirok etdi hamda jami 210 ta medal (40 ta oltin, 78 ta kumush, 92 ta bronza)ni qoʻlga kiritdi.
Maʼlumot uchun: xalqaro fan olimpiadalarida
- 2019-yilda — 30 ta,
- 2020-yilda — 25 ta,
- 2021-yilda — 45 ta,
- 2022-yilda — 41 ta,
- 2023-yilda — 96 ta,
- 2024-yilda — 128 ta medal qoʻlga kiritilgan.
Shuningdek, fan olimpiadalari tarixida yangi natija qayd etildi — Birlashgan Arab Amirliklarida boʻlgan xalqaro kimyo olimpiadasida — 2 ta oltin, Boliviyada boʻlgan xalqaro informatika olimpiadasida — ilk kumush.
Oʻzbekistonlik oʻquvchilar Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro matematika va informatika olimpiadasida 50 ta (7 ta oltin, 13 ta kumush, 30 ta bronza), Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasida 19 ta medal (6 ta oltin, 8 ta kumush, 5 ta bronza) bilan yakka peshqadam sifatida tan olindi.