Yirik va kichik biznes korxonalari o‘rtasida ichki va tarmoqlararo sanoat kooperasiyasini yanada kengaytirish maqsadida o‘tkazilayotgan mazkur tadbirning tantanali ochilish marosimidan so‘ng Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari Jamshid Eshmuradov “Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida taqdimot qilib o‘tdi.

Yarmarka davomida yirik sanoat va hududiy korxonalar bilan yangi turdagi mahsulotlarni sanoat kooperasiyasi asosida mahalliylashtirish bo‘yicha kelishuvlarga erishish, shuningdek farmasevtika tarmog‘i korxonalari tomonidan mahsulot xarid qilish bo‘yicha bitimlar tuzilishi, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish istagini bildirgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari bilan texnik jihatdan hamkorlik qilish memorandumlarining imzolanishi rejalashtirilgan.