Qayd etilishicha, xalqaro ot sporti federatsiyasi prezidenti Ingmar De Vos yil davomida oʻtgan tadbirlar haqida toʻxtalib, 21-27-oktyabr kunlari Toshkent mezbonlik qilgan “FEI Jumping World Challenge Final” musobaqasi yuqori saviyada tashkil etilgani haqida toʻxtaldi.
Shuningdek, tadbirda 2025-yilga belgilangan barcha musobaqalar taqvimi va tashkilot byudjeti koʻrib chiqildi.