Uchrashuvda “O‘zsuvtaʼminot” AJ boshqaruvi raisi Sohib Saifnazarov, FTA Markaziy Osiyo bo‘yicha vakolatxonasi rahbari Vinsent Kopin (Vincent Caupin) va vakolatxona mutaxassisi Matilda Kamyu ishtirok etdi.

Muzokarada ichimlik va oqova suv sohasidagi hamkorlik hamda investitsiya loyihalarini amalga oshirishga tayyorgarlik jarayonlari muhokama qilindi.

Loyihaga ko‘ra, 2021-yilda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz-Kitob, Navoiy viloyati Karmana shaharlarida oqova suv xizmatlari yaxshilansa, 2022-yilda Farg‘ona viloyati Quva va Oltiariq tumanlari, Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida ichimlik suvi taʼminoti yaxshilanadi, Qashqadaryo viloyati Qamashi va G‘uzor tumanlarida ichimlik suvi taʼminoti tizimi rekonstruksiya qilinadi.