Ammo nomaʼlum shaxs pulni olgach yozishmalarni oʻchirib yuborganligini maʼlum qilgan. Tezkor-qidiruv xizmati kiberxavfsizlik boʻlinmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni Namangan viloyati, Yangiqoʻrgʻon tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan 27 yoshli M.S. sodir etgani aniqlandi.
Unga koʻra, M.S., K.R. bilan “Telegram” messenjerida “Aviasales,uz” kanalida tanishib, unga onlayn bilet olib berishini aytib, uning ishonchiga kirish orqali, jami 21.500.000 soʻm miqdoridagi pul mablagʻlarini oʻzining bank kartasiga oʻtkazib olgan va yozishmalarni oʻchirib yuborib, uni qora roʻyxatga kirgazib qoʻyganligi maʼlum boʻldi.
Mazkur holat yuzasidan M.S.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Qonunga muvofiq, M.S. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.