“Yangi Zelandiya tarixida uchinchi marta bunday rejim butun mamlakat bo'ylab amal qilmoqda”, deyiladi vazir bayonotida.

Uning so'zlariga ko'ra, bu chora rasmiylarga tabiiy ofatdan eng ko'p jabrlangan hududlarga yordam ko'rsatish imkonini beradi.

Bungacha Yangi Zelandiya Shimoliy orolining aksariyat qismida favqulodda holat e'lon qilingan edi. “Gabriel” tufayli Oklend va uning atrofidagi 18,5 mingga yaqin uy elektr va aloqasiz qoldi, jamoat transporti, shaharlararo poyezdlar va aeroport faoliyati to'xtatildi. Mintaqada aksariyat maktablar, bolalar bog'chalari, kutubxonalar va sport inshootlari yopilgan, deyiladi mir24.tv saytida.