Hurmatli vatandoshlar, gaz jihozlaridan foydalanishda quyidagilarga rioya qilishingizni soʻraymiz:

➖isitish mavsumi boshlanishidan oldin binoning moʻri va havo almashish yoʻlaklarini mutaxassislar tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazilishini taʼminlang;

➖gaz jihozlarini oʻzboshimchalik bilan tarmoqqa ulamang va joyini oʻzgartirmang;

➖nosoz istish qurilmalari va gaz jihozlaridan foydalanmang, mutaxassis ishtirokisiz gaz jiholarini taʼmirlashga yoʻl qoʻymang;

➖gaz jihozlari va isitish qurilmalari joylashgan binolarda havo almashish kanallarining doimiy ochiq holatda boʻlishini taʼminlang;

➖moʻri va havo almashish yoʻllarinining texnik jihatdan soz boʻlishini taʼminlang, gaz jihozlari va isitish qurilmalarini qarovsiz qoldirmang;

➖yosh bolalarning gaz jihozlaridan foydalanishiga yoʻl qoʻymang;

➖gaz jihozlari joylashgan xonadan dam olish va uxlash maqsadida foydalanmang;

➖tabiiy gaz sizib chiqishi holatini aniqlash uchun ochiq olovdan foydalanmang;

➖gaz quvurlariga har xil soʻrgʻichlar oʻrnatilishiga yoʻl qoʻymang;

➖gaz plitasidan kiyimlarni quritish va boshqa maqsadlarda foydalanmang;

➖bino ichida gaz hidini sezsangiz elektr jihozlarini yoqib oʻchirmang, gugurt yoqmang, xonani zudlik bilan shamollating hamda tumangaz taʼminoti boʻlimiga (104) qoʻngʻiroq qiling.