Davlat ekologiya qo'mitasi raisi A.Maqsudovning Global yashil o'sish instituti (GGGI)ning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari doktor Aaron Rassel bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuv avvalida A. Maksudov A.Rasselni GGGIning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari sifatida o'z ishini boshlaganligi bilan tabrikladi.
Uchrashuv davomida tomonlar GGGIning huquqiy maqomi, imtiyozlari va immunitetlari to'g'risidagi Bitimni imzolash, ushbu tashkilotning Toshkentdagi vakolatxonasini ochish hamda «Orol dengizi inqirozining ta'sirini bartaraf etish uchun Orolbo'yi hududi uchun yashil tiklanish sarmoyasi» qo'shma loyihasini amalga oshirish kabi masalalar muxokama qildilar.
Tomonlar O'zbekiston Respublikasi uchun milliy dasturini ishlab chiqish va uning ustuvor yo'nalishlarini belgilashga kelishib oldilar, deb xabar beradi Davlat ekologiya qo'mitasi
matbuot xizmati.