Gonkong hukumatining qishloq xoʻjaligi, baliqchilik va tabiatni muhofaza qilish departamenti xabariga koʻra, mamlakatda uy hayvonlari orasida yana koronavirus holatlari qayd etildi. Maʼlum boʻlishicha, ushbu virus shaharning turli hududlaridagi Shotlandiya mushuklari va yorkshir teryeri zotidagi itlarda tasdiqlangan.

Taʼkidlanishicha, ushbu hayvonlarning egalari izolyatsiya qilingan, chunki ular koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan yaqin aloqada boʻlishgan. Uy hayvonlari ham hayvonlar uchun maxsus karantin markaziga joylashtirilgan. Mushuk va itlar hech qanday alomat koʻrsatmasdan COVID-19 uchun musbat natija koʻrsatgan test-sinovidan oʻtishgan.