Nizom hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish boʻyicha biotexnik tadbirlarni oʻtkazish tartibini belgilaydi.

Bundan tashqari nizom biotexnik tadbirlar doirasida quyidagilarni nazarda tutadi:

— oʻtkazish maqsadi va usullari;
— rejasini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibi;
— oʻtkaziladigan hududlar hamda ularni oʻtkazish boʻyicha talablar;
— oʻtkazish yakunlarini monitoring qilish va ularning natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani rasmiylashtirish;
— moliyalashtirish tartibi.

Shuningdek, hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish boʻyicha biotexnik tadbirlar belgilangan sxemaga muvofiq oʻtkaziladi.