Toʼraqoʼrgʼon tumani hokimi Аhrorjon Mansurov ham pillachilik boʼyicha masʼul Davronbek Doʼlanovdan bir quti ipak qurti urugʼini soʼradi: “Men uni kuzatib, qachon barg yeydi, qachon uxlaydi-yu, qachon pilla oʼrashga kirishadi. Аna shularni kuzatmoqchiman”.

Qurt urugʼi mehr bilan parvarishlandi. Ertadan, ipak qurtlariga dasta qoʼyish boshlanadi. Bu sohada 17 yillik tajribaga ega Mavluda Nazarova jarayonlarda koʼmaklashib boryapti.

"Pilla hosili moʼl boʼlishidan umidvormiz. Qurtlar toʼyib barg yedi, namlik yetarli saqlandi, joy ham yetarli. Nasib boʼlsa, uch-toʼrt kunda buning isbotini birgalikda koʼramiz", – deydi hokim.