Bu haqda batafsil — homiladorlar patologiyasi boʻlimi mudiri Hilola Mansurova bilan intervyuda.
- — Hilola Anvarovna, ayol kishining bola koʻrish xohishiga qandli diabet toʻsqinlik qilishi mumkinmi?
- — Shuni taʼkidlashim kerakki, insulin paydo boʻlgunicha qandli diabet
tufayli oʻlim koʻrsatkichi, ayniqsa homilador ayollar orasida juda yuqori boʻlgan. Bu diabetning qon tomirida juda koʻp asorat qoldirishi bilan bogʻliq boʻlgan. Bu esa homilador ayollar oʻrtasida ketoatsidik, giperglikemik holatlardan katta oʻlim miqdorini keltirib chiqargan. Insulin paydo boʻlishi bilan diabet tufayli onalar oʻlimi keskin kamaydi. Ushbu koʻrsatkich bugun oʻrtacha statistikadan sezilarli farq qilmaydi.
Lekin shu holatda ham homilador ayollarning qandli diabeti tufayli bolalar perinatal oʻlimi yuqori darajada saqlanib qolyapti. Perinatal oʻlim deganda bola hayotining dastlabki yetti kuni ichidagi oʻlim holati tushuniladi. Yangi tugʻilgan chaqaloqlar nafas yetishmasligi, gipoglikemiya, gipokalsiyemiya, giperbilirubinemiya va hokazo kabi xavfga mubtalo boʻladi. Yana bir bor eʼtiboringizni shunga jalb etmoqchimanki, perinatal kasallanish va goʻdaklar oʻlimi darajasi yuqoriligicha qolyapti. Bundan qutilish mumkin va zarur. Qanday qilib? Eng avvalo homiladorlik boʻyicha yashash joyidagi poliklinikada oʻz vaqtida hisobga turish kerak va jadval boʻyicha barcha belgilangan koʻriklarni oʻtkazib yubormaslik kerak. Aynan mana shu homilador ayolda qandli diabet bor-yoʻqligini oʻz vaqtida aniqlash, zarur boʻlsa, oʻz vaqtida insulin terapiyasini boshlash uchun shifokor nazoratida boʻlish imkonini beradi. Albatta bunda shifokor belgilagan parhezga va boshqa tavsiyalarga qatʼiy rioya qilish talab etiladi. Qandli diabet bilan kasallangan homilador ayollar, shuningdek, bizning Akusherlik va ginekologiya markazimiz huzuridagi konsultativ poliklinikada ham koʻrikdan oʻtishi va sogʻligini tekshirtirishi mumkin.
- — Homilani muvaffaqiyatli saqlab, uzoq kutilgan bolani eson-omon dunyoga keltirib olishi uchun qandli diabet bilan kasallangan homilador ayollar nima qilishi kerak boʻladi?
- — Eng avvalo, takrorlayman, ayol kishi homiladorlik boʻyicha yashash
joyidagi poliklinikada oʻz vaqtida hisobga turish kerak. Poliklinikaga kirib kelganda shifokorning birinchi savoli — qandli diabet bor-yoʻqligi haqida boʻlishi kerak. Agar ayolda diabet boʻlsa, u tegishli ravishda maxsus nazorat ostiga olinadi, chunki homiladorlik mavjud boʻlgan I (insulinga bogʻliq boʻlib qolgan) va II (insulinga bogʻliq boʻlmagan) toifadagi diabetning kechishini murakkablashtiradi.
Lekin shuni ham bilish kerakki, qandli diabet ayol kishida homiladorlik paytida ham paydo boʻlishi mumkin. Bu — gestatsion qandli diabet (GSD (GQD)) deyiladi. Uning qanday oʻziga xosliklari mavjud? U shifokorlar “risk guruhi”ga kiritgan ayollarda paydo boʻlishi mumkin. Va koʻpincha tugʻishga ruxsat berilganda gestatsion qandli diabet oʻz-oʻzidan oʻtib ketadi, qand darajasi normallashdi. Yaʼni organizmning bunday holati homiladorlik tugagandan keyin oʻtadi.
- Avval “qandli diabet” tashxisi qoʻyilmagan homilador ayollarning qancha foizida gestatsion qandli diabet paydo boʻlishi mumkin?
- Avval “qandli diabet” tashxisi qoʻyilmagan homilador ayollarning
taxminan 7—8 foizi GSDga chalinadi. Bular asosan risk guruhidagi ayollar.
- Aynan qanaqangi homilador ayollarni shifokorlar risk guruhiga kiritadi?
- Birinchi guruh — yuqori vaznli ayollar, agar tana vaznining indeksi
30 (bu tana vaznining boʻyiga kvadrati)dan koʻp boʻlsa.
- Ikkinchi guruh — bu ikki, uch va hokazo nafar egizak boladan iborat
homilali ayollar.
- Uchinchi guruhga avval vazni 4,5 kilogrammdan oshiq bola tugʻgan ayollar
kiradi.
- Toʻrtinchi guruh — bu bemor kasallik tarixida nomaʼlum sabablarga
koʻra oʻlik bola tugʻgani haqida maʼlumot boʻlsa.
- Beshinchi guruh — yaqin qarindoshlari orasida qandli diabet bilan
kasallanganlar bor ayollar.
- Oltinchi guruh — bular 35 yoshdan oshgan, surunkali kasalligi bor
ayollar, masalan, gipertonik kasallik, shuningdek, insulinorezustent. giperinsulinemiya, koʻp suv toʻplanishi bilan kasallangan ayollar.
- Ayol kishi gestatsion qandli diabetga tekshirtirish maqsadida shifokorga murojaat qilishi kerak boʻlgan boʻlgan belgilar bormi?
- Birinchidan, yana bir bor unutmaslik kerakki, homiladorlik boʻyicha yashash joyidagi poliklinikada oʻz vaqtida hisobga turish kerak, va homilador ayol qandli diabetga qon topshirishi kerak. Homilaning erta davrida, odatda gestatsion diabet yuzaga chiqmaydi. Lekin u homila davomida paydo boʻlmaydi degani emas. Shifokor glyukoza darajasini aniqlash uchun olingan qon tahlilida nimaga eʼtibor qaratishi lozim boʻladi? Agar och nahorga topshirilgan qonda qand darajasi bir litrda 5 millimoldan oshsa, yaʼni bir litrda 6—7 millimolni tashkil etsa(norma boʻyicha bir litrda 3,3dan 5,5 millimolgacha boʻlishi kerak), shifokor gestatsion diabetning oldini olish uchun (hatto homilador ayol shikoyat qilmasa ham) peroral glyukozotolerant test oʻtkazishi kerak. Buning uchun och nahorga qon topshiriladi, va undan keyin darrov ayolga 75 gramm glyukoza (kukun suvda eritiladi) ichiriladi. Bundan bir soat vaqt oʻtgach, tahlil uchun qon topshiriladi (normadagi koʻrsatkich bir litrga 7 millimolgacha boʻlishi kerak) va ikki soatdan keyin (koʻrsatkich 6,7 millimoldan oshmasligi kerak). Peroral glyukozotolerant test oʻtkazishning hech qanaqangi qiyin joyi yoʻq. Markazimizning va har bir poliklinikaning laboratoriyasida buning uchun tegishli sharoit mavjud.
Agar koʻrsatkichlar normadan yuqori boʻlsa, u holda “gestatsion qandli diabet” tashxisini qoʻyish maqsadida endokrinologlar jalb etiladi. GSD bilan kasallangan homilador ayol nazoratga olinadi, agar zarur boʻlsa, qand korreksiyasi ham. Bu birinchisi.
Ikkinchisi. Ayolda ogʻiz qurishi, qattiq chanqash (polidipsiya), katta hajmda peshob ajralishi (poliuriya) yaʼni norma boʻyicha bir kunda 2,5—3 litr peshob ajralishi boʻlgan holda, uning hajmi 7—8 litrgacha koʻpayib ketishi mumkin. Bunga sergak boʻlish kerak. Yana shuningdek, agar homiladorlik paytida vazn oshishi yoki aksincha kamayishi sezilsa, bunga ham beeʼtibor boʻlmaslik kerak. Homilaning 24-haftasidan keyin hatto davolanishga qaramay, qinning intensiv qichishi bezovta qilishi mumkin. Bunday qichish qandli diabetning belgilaridan biri boʻlishi mumkin. Barcha bunday belgilar kuzatilganda homilador ayolning shifokoriga murojaat etishi, qandli diabetning (SD (QD)) mavjud yoki yoʻqligini aniqlash maqsadida uning oʻzi esa testdan oʻtkazilishi kerak.
- Gestatsion qandli diabet homiladorlikning boshida yoki maʼlum bir muddatida paydo boʻlishi mumkinmi?
- Odatda, GQD koʻpincha homilaning 24-haftasidan keyin paydo boʻlishi
mumkin. Chunki 16-haftasidan boshlab insulinga qarshi garmonlar ishlab chiqaruvchi platsenta shakllanadi. Yaʼni bu vaqtdan boshlab har qanday ayol organizmida insulinga ehtiyoj seziladi. Aynan mana shu sabab tufayli GQD koʻpincha ushbu muddatdan keyin paydo boʻladi.
Homilador ayol belgilangan tartib boʻyicha shifokorga koʻrinib turish kerak. Hatto yuqorida sanab oʻtilgan belgilarning birontasi kuzatilmagan, lekin gestatsion qandli diabet paydo boʻlganda ayol bu paytni oʻtkazib yubormaydi va homilaning rivojlanishida murakkabliklar yuzaga keladi.
- Homilaning rivojlanishiga qandli diabet, shuningdek, homila davomida paydo boʻlgan gestatsion qandli diabet ham qanday xavf solishi mumkin?
- Organogenez vaqtida (homilaning dastlabki 10-haftasigacha) ilgari
mavjud boʻlgan diabetning va gestatsion diabetning yaxshi nazoratga olinmasligi homilaning nuqsonli rivojlanish xavfini keltirib chiqaradi. Homilaning soʻngi muddatlarida diabetning yaxshi nazoratga olinmasligi homila makrosomiyasi yuzaga kelishiga, yaʼni homila vaznining 4,5 kilogrammdan oshib ketish, preeklampsiyanig qoʻshilib ketishi, tugʻilish vaqtida goʻdak yelkalarining distotsiyasi, yaʼni chaqaloqning travma olish xavfini yuzaga kelishiga, oʻlik holda tugʻilish xavfining oshishiga sabab boʻladi. Diabetik fetopatiya paydo boʻlishi mumkin. Bu onaning QD bilan kasallanishi tufayli ayol ichidagi homila hayotining 12-haftasidan keyin va tugʻilishining boshlanishigacha paydo boʻladigan homila patologiyasi. Bu fenotipik va metabolik buzilishlarning simptomokompleksi. Bular bolaning erta tugʻilishiga, travma bilan tugʻilishiga, yangi tugʻilgan chaqaloqning ona qornidan tashqaridagi hayotga koʻnikishining, yaʼni adaptatsiyaning buzilishiga (respirator distress sindromi, gipoglikemiya va boshqalar) olib kelishi mumkin.
Ona GQD bilan kasallanganda 25 foiz chaqaloqlarda diabetik fetopatiya kuzatiladi. Qorin ichida nobud boʻlishi, boʻyi oʻsishining toʻxtash sindromi boʻlishi mumkin; homila makrosomiyasi kuzatilishi mumkin, u bolaning oʻsmasligi bilan qoʻshilib ketadi va travma bilan tugʻilishga sabab boʻladi, kesarev kesish soni koʻpayadi, 25 foiz chaqaloqlarda asfiksiya paydo boʻladi.
- Homilador ayolning nima uchun shifokor koʻrigi va skrining
tekshiruvidan oʻtib turishi muhim?
- 5-6-haftada homilaning aynan bachadonda rivojlanayotganini aniqlash zarur. Bu uning yuragi urayotganidan dalolat.
Nuqsonli rivojlanishning oldini olish maqsadida 12-haftada birinchi UZIga skrining va bioximik skrining (qon tahlili) oʻtkaziladi, bu shuningdek, qandli diabetni aniqlash uchun ham muhim.
16—17-haftadalarda ikkinchi UZIga skrining va qonning uchta koʻrsatkichi boʻyicha bioximik skrining oʻtkaziladi. Bu ham shuningdek, homila va markaziy nerv naychasining nuqsonli rivojlanishining oldini olish, hamda qandli diabet bilan kasallangan homilador ayollarda uchraydigan yoʻldosh yetishmovchiligi ehtimolini bashorat qilish uchun ham zarur.
24-haftasida qon tomirlari doplerometriyasi oʻtkaziladi. Yaʼni yoʻldoshning, bachadonning, homilaning kindik arteriyasi, uning oʻrta miya arteriyasi holati oʻrganiladi. 24-haftasidan boshlab barcha qon oqimi koʻrib chiqiladi va bu har 4 haftada takrorlanadi.
Qandli diabet bilan kasallangan ayollarda UZI va doplerometriya tez-tez oʻtkazilib turiladi. Bu diabetik fetopatiya koʻrinishidagi murakkablikning kelib chiqishining oldini olish maqsadida bajariladi.
- Qandli diabet bilan kasallangan ayollar, odatda, Sizlarning Markazlaringizga — Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga qanday qilib keladi?
- Avval taʼkidlaganimizdek, qandli diabet bilan kasallangan
homilador ayollar Markazimizning konsultativ poliklinikasiga hisobda turishi mumkin. Agar ayolga 1 yoki 2 toifadagi “qandli diabet” tashxisi qoʻyilsa, bu koʻrsatkich asos boʻladi. Odatda bunday bemorlar oʻz endokrinologlariga ega boʻladi. Va koʻpincha bu mutaxassislar Markazga murojaat etishni tavsiya etadi, bunday maslahat tibbiy xaritasiga ham yoziladi. Shunday yoʻl bilan bemor ayollar bizning poliklinikamizda hisobda turadi va kuzatiladi. Agar diabet homiladorlik vaqtida aniqlansa, unda u yashash joyi boʻyicha poliklinikada hamda bizda — Akusherlik va ginekologiya markazida hisobda turish mumkinligi haqida xabardor etilishi kerak. Agar biz GQDni statsionarda aniqlasak, unda kuzatuvni bizning poliklinikada davom ettirishni tavsiya qilamiz.
- Markazning viloyatlardagi filiallari?
- Albatta biz Viloyat perinatal markazlari bilan doimiy aloqadamiz,
zarur boʻlganda maslahatlar bilan yordam berib turamiz. Agar GQD aniqlansa, ularda ham nefrologlar, okulistlar, endokrinologlar, terapevtlar mavjud. Bu homilador ayolni birgalikda davolash imkonini beradi. Diabetning murakkab holatida homilador ayollarga yashash joyidagi poliklinika xulosa yozib beradi, va unga asosan tuman sogʻliqni saqlash boʻlinmalari tomonidan order rasmiylashtiriladi va ayollar Akusherlik va ginekologiya markaziga qabul qilinadi. Biz bu yerda ularni tekshiramiz, tor mutaxassislar ishtirokida kuzatamiz, ayolning homilani davom ettirishi mumkin yoki uning sogʻligiga xavf solayotgan boʻlsa, homilani toʻxtatish, bolani qaysi muddatgacha koʻtarib yurish, tugʻdirish qanday oʻtishi kerakligi va hokazolar haqida qaror qabul qilamiz.
Koʻpincha homilador ayollar Markazimizga mustaqil murojaat qiladi. Yangiyoʻllik bemor ayolimiz haqida misol keltiraman. Bu ayol xavf guruhida edi, chunki 3-darajali semizlik, yoshi 43 da va bu beshinchi homiladorligi edi. U kishi homilasining 18-haftasida bizning konsultativ poliklinikamizga kuzatuv ostida boʻlish va tugʻish muddatiga yetkazishni tugʻdirish Markazda oʻtkazish maqsadida mustaqil murojaat qilgan. Bemor glikirovan gemoglobinni aniqlash testidan oʻtkazildi. Shuningdek, yoshini hisobga olgan holda genetik koʻrigidan oʻtish va boshqa zarur tekshiruvlar belgilandi. Bu paytda barcha tahlillar natijalari normal darajada ekan. Ayol nazorat ostiga olindi va 30-haftasidagi navbatdagi UZI tekshiruvida unda koʻp suv toʻplanishi aniqlandi. Shu tufayli u GQD bor-yoʻqligini aniqlash maqsadida takroran endokrinolog tekshiruvidan oʻtkazildi. Tekshiruv natijalari boʻyicha u ayolga giperglikemiya tufayli “gestatsion qandli diabet” tashxisi qoʻyildi. Bemor Markaz shifoxonasiga yotqizilib, u yerda tor mutaxassislar ishtirokida batafsil tekshiruvdan oʻtkazildi, insulinoterapiya boshladi, va natijada ayolning sogʻlom bolani dunyoga keltirilishiga erishildi.
- Hilola Anvarovna, bugun qandli diabet bilan kasallangan ayollarni davolashda nima oʻzgardi, tibbiyotning rivojlanishi tufayli tugʻdirish , va umuman Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida? Nima yengil boʻlib qoldi, bunday tashxis qoʻyilgan ayollar nimadan umid qilsa boʻladi?
- Akusherlik va ginekologiya markazi mutaxassislari tomonidan qandli
diabet bilan kasallangan ayollarni davolash boʻyicha Klinik protokol ishlab chiqilgan. Bunda asosiy eʼtibor holatning erta aniqlanishiga va qand darajasini korreksiya qilishga qaratilgan. Bugun koʻpchilik holatlarda ijobiy yakun kafolatlangan. Bu nimaga bogʻliq? Agar biz homilador ayolda glyukoza darajasini normal holatda ushlab tura olsak, yaʼni bu koʻrsatkichda sakrash boʻlmasa, agar ayol bizga bunda yordam bersa, yaʼni toʻgʻri hayot tarzi talablariga rioya qilsa, toʻgʻri ovqatlansa, zarur paytida insulinoterapiya qabul qilsa, tor mutaxassislarga koʻrinib tursa, vaqtida qand darajasini korrektirovka qilsa. Shunda, odatda homiladorlik muvaffaqiyatli kechadi, murakkab holatlar yuzaga kelmaydi, va biz har qalay, homiladorlik muddatini 38-haftagacha, baʼzan esa 39-haftagacha uzaytiramiz. Va albatta biz tabiiy yoʻl bilan tugʻdirish yoʻllarini afzal deb hisoblaymiz. Agar odatiy tugʻishga akusherlik qarama-qarshi dalillar boʻlmasa, masalan, bolaning koʻndalang turib qolishi, xomilaning chanoq bilan kelishi va boshqa akusherlik maʼlumotlar kuzatilmasa, albatta.
Tabiiy tugʻdirish — bu ona uchun ham, bola uchun ham eng yaxshi qaror. Chunki qandli diabet bilan kasallangan ayollarda qand darajasi koʻtarilgan holatda kesarev kesish qoʻllanilganda barcha toʻqimalarning, operatsiyada yuzaga kelgan jarohatning bitib ketishi qiyin kechadi. Tabiiy yoʻl bilan tugʻganda ayol tezroq faollashadi. Parhez, insuloterapiyadan tashqari yana jismoniy faollik ham qandli diabetning muvaffaqiyatli oʻtishi uchun muhim shartlaridan biri sanaladi. Bu juda muhim. Bu tromboembolik kabi operatsiyadan keyingi murakkabliklarda ham profilaktika boʻlib xizmat qiladi. Oʻzi mustaqil koʻzi yorganda ayol kishi normal holatda 500 millilitr qon yoʻqotadi. Kesarev kesishida esa normal holatda — 500dan 1 000 millilitrgacha.
Lekin shunday holatlar borki, unda QD bilan kasallanganda “kesarevo kesish” koʻrsatilgan. Masalan, qandli diabetning bola qon oqimi buzilishi koʻrinishida murakkablashishi yuzaga kelgan yoki makrosomiya holati, yaʼni homilaning yirik hajmi — 4 kilogramm 500 grammdan koʻp boʻlgan holatida “kesarevo kesish” koʻrsatiladi.
Undan tashqari, qandli diabetning oʻzining retinopatiya kabi murakkablashishi boʻlishi mumkin. Bunda okulist tugʻish jarayonida kuchanishni taqiqlab qoʻyadi. Bu variantlarning barchasi Klinik protokollarda qayd etilgan va mamlakat boʻyicha barcha shifokorlar bunga amal qilishi kerak.
- Qandli diabet bilan kasallangan onadan tugʻilgan bolani qanday parvarish qilish kerak?
- Bu borada ham neonatolog shifokorlar tomonidan Klinik protokol
ishlab chiqilgan. Bunday holatda tugʻilgan chaqaloqlar uchun jiddiy eʼtibor koʻzda tutilgan. Tugʻilgandan boladan qandga qon olinadi. Chunki qandli diabet bilan kasallangan onadan tugʻilgan bolada dastlabki paytlarda gipoglekimiyaga, yaʼni past darajadagi qandga moyillik boʻlishi mumkin. Bizning Markazimizda bunday bolalar birinchi tugʻilgan kunlarida Intensiv postlarda kuzatuv ostida boʻladi. Agar bola gipoglikemiya holatida tugʻilsa, unda bolaga ogʻzi orqali yoki uning kindik venasiga glyukoza yuboriladi. Shuningdek, bu yerda yangi tugʻilgan bola yurak, oʻpka va boshqa organlar patologiyasining oldini olish maqsadida barcha mutaxassislar tomonidan koʻrikdan oʻtkaziladi.
- Umuman olganda qandli diabet bilan kasallangan ayolni toʻgʻri davolash bolada hammasi joyida ekanligini qanchalik bashorat qila oladi?
- Glyukoza darajasining oʻz vaqtida nazorat qilinishi,
insulinoterapiyaning toʻgʻri olib borilishi, qandlar barqaror darajasining ushlab turilishi koʻpincha onada ham, bolada ham qon tomir murakkabligi yuzaga kelmasligini bashorat qiluvchi omil sanaladi. Bundan keyingi holatlar muvaffaqiyatli kechadi.
Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi