Muftiy chiqishlari davomida mashhur sahoba Muoz ibn Jabal raziyallohu anhuning ijtihod qilish (hukm chiqarish) bobidagi hozirjavobliklari Rasul alayhissalomni juda ham xursand qilgan haqida soʼz yuritdi.

Shuningdek, mujtahid ulamolar Qurʼon va hadisga tayanib ijtihod qilganlari hamda bir vaqtda barcha zarur ilmlar – tafsir, hadis, oyatlar nozil boʼlish sabablari, arab tili grammatikasi kabilarni puxta bilganlari keltiriladi.

Diyorimizda asrlar davomida Hanafiy mazhabiga amal qilingani, shuning uchun oʼtmishda bunday ixtiloflar boʼlmagani haqida soʼz yuritiladi. Oʼtgan asrning 90-yillarida diyorimizdagi mazhabsizlik oqibatida noxushliklar sodir boʼlgani, bir masjid jamoasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgani, shu bois ham, bir mazhabga ergashish sharʼiy va hayotiy zarurat ekani jonli misollar bilan ifoda etiladi.