Unda Taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi doirasida hududlarda savdo infratuzilmasini rivojlantirish, savdo xizmatlari va yo'l bo'yi infratuzilmasini rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarning borishi muhokama etildi.
Ta'kidlanganidek, milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o'sish sur'atlarini ta'minlash bo'yicha salmoqli vazifa va chora-tadbirlar, jumladan har bir hududda yirik ulgurji-savdo markazlari, logistika, zamonaviy savdo markazlari tashkil etish, qishloq joylarda ko'chma savdo nuqtalarini ko'paytirish, aholiga erkin savdoni amalga oshirish imkonini beruvchi chegaraoldi hududlarda savdo markazlari tashkil etilmoqda.
Shuningdek, bu borada izchillikni ta'minlash maqsadida hududlarda har yili savdo xizmatlari hamda yo'l bo'yi infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish belgilangan. Joriy yilning o'zida 30 ta bozor va savdo komplekslari, 13 ta yirik va 1000 ta kichik yo'l bo'yi infratuzilma ob'ektlari tashkil etilishi nazarda tutilgan. Bugungi kunda Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida umumiy qiymati 6,1 trln. so'mlik jami 41 ta yirik savdo kompleksi hamda Andijon (1 ta), Namangan (1 ta) va Toshkent (3 ta) viloyatlarida 364 mlrd. so'mlik 5 ta logistika markazini qurish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, hududlarda joriy yilda 300 dan ziyod savdo markazlari tashkil etilishi belgilangan. Bugungi kunga qadar 78 ta savdo markazi tashkil etilib, ularda 3 785 nafar aholi ish bilan ta'minlangan bo'lsa, hududlardan o'tgan xalqaro yo'llar bo'yida 749 ta yangi savdo va servis ob'ekti ishga tushirilib, ularda 2 875 nafar aholi ish bilan ta'minlandi. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun jami 42,7 mingta, jumladan, yangi xizmat ko'rsatish va savdo ob'ektlarini tashkil etish uchun 29,2 mingta, avtomagistal` yo'llari bo'yida joylashgan 366 ta (23 gektar) er maydonlari auktsion savdolariga chiqarildi.
Mahallalarda, shu jumladan, qishloq joylarda ko'chma savdo nuqtalarini ko'paytirish maqsadida ko'chma va engil konstruktsiyali savdo va servis shoxobchalarini tashkil etish uchun auktsion savdolariga chiqarilgan er maydonlari soni 36,3 mingtani tashkil etib, joriy yil uchun belgilangan maqsadli ko'rsatkichlar 131 foizni tashkil etdi.
Yuqoridagi tadbirlarni amalga oshirilishini nazorat qilib borish hamda xisobotlarning haqqoniyligini ta'minlash maqsadida Respublika Ishchi guruhi har oy yakunlari bilan hududlarda xizmat safarida bo'lib, o'rganish yakunlari bo'yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlashda kamchiliklarga yo'l qo'ygan jami 55 nafar mutasaddi rahbarlarga tegishli jazo choralari, jumladan lavozimidan ozod etishgacha bo'lgan choralar ko'rildi.