Vazirlar mahkamasining xalqaro mavqega ega chet tillarini bilish darajasini aniqlash, imtihonlardan yuqori natijalarni qayd etgan yoshlarga imtihon xarajatlarini to‘liq qoplab berish to'g'risidagi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo'yildi.
Unga asosan, 1-maydan boshlab IELTS -7 va undan yuqori, TOEFL-95 va undan yuqori, GMAT -75 percentile va undan yuqori, GRE -75 percentile va undan yuqori, SAT-1200 va undan yuqori natijani qayd etganda imtihon uchun sarflangan Yoshlar ishlari agentligi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
2022-yil 1-yanvardan boshlab esa qo‘shimcha 13 turdagi (ingliz, nemis, fransuz, ispan, italyan, turk, koreys, yapon, xitoy, arab, rus tillari bo‘yicha) xalqaro mavqeiga ega, chet tillarini bilish darajasini aniqlash imtihonlardan yuqori natijalarni qayd etgan yoshlarga ham aynan shunday imkoniyat taqdim etiladi.