2024/2025 oʻquv yilidan Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarida:
- ijtimoiy va ijodiy faol, keng jamoatchilik oʻrtasida obroʻ-eʼtibor qozongan adiblar va jamoat arboblari ishtirokida mahorat darslari oʻtkaziladi;
- “Yosh tarjimonlar” klublari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
- “Matnshunoslik” darslari tashkil etiladi;
- har yili 2 marotaba oʻquvchilarning “Ijod bogʻidan guldasta” nomli toʻplamlarini nashr etish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi;
- “Tasviriy sanʼat va chizmachilik” fani negizida “Sanʼat” (ART) fani kiritiladi;
- 7–9-sinflarning “Texnologiya” fani doirasida robototexnika asoslari oʻrgatiladi.
2024/2025 oʻquv yilidan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida badiiy adabiyot va sanʼat sohasida iqtidorli yoshlarni saralashga qaratilgan koʻrik-tanlov oʻtkaziladi.
Har yili:
- “Mening birinchi kitobim” loyihasi doirasida har bir ijod maktabidan kamida ikki nafar oʻquvchining ijodiy ishlar toʻplami nashr etiladi;
- anʼanaviy “Zomin seminari”da har bir ijod maktabidan kamida 5 nafardan ijodkor oʻquvchilarning ishtiroki taʼminlanadi.
Har bir ijod maktabi “Turkiy adabiyot durdonalari” nomli 100 jilddan iborat kitoblar majmuasi bilan taʼminlanadi.
Ijod maktablari oliy taʼlim muassasalari va Oʻzbekistonning xorijiy davlatlardagi elchixonalariga biriktiriladi.