Bu haqda keyinroq batafsil toʻxtalamiz...

Joriy yilga moʻljallangan davlat das turida sogʻlom turmush tarzini rivojlantirish maqsadida ommaviy sport musobaqalarida aholi qamrovini kengaytirish vazifasi nazarda tutilgan. Unga koʻra, ommaviy sport musobaqalari qamrovi 12 million nafarga yetkaziladi. Buning uchun mahallalarda istiqomat qiluvchi aholi, xususan, yoshlar orasida ommaviy sportni keng targʻib qilish, ommaviy sport musobaqalarini mahalla yoshlari, maktab, kasbiy va oliy taʼlim oʻquvchi-talabalari, davlat tashkilotlari xodimlari hamda 31-45 yoshdagi aholi oʻrtasida tashkil qilish kabi vazifalar belgilangan.

Shu oʻrinda savol tugʻiladi. Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy, umuman olganda, kompleks rivojlantirishga doir muhim hujjat, davlat dasturida nega aynan sport targʻibotiga keng joy ajratilgan? Oddiy aholi orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etmasa ham har bir fuqaro oʻzi uchun bu ishlarni bajaraversa boʻlmaydimi? Nazarimda, sportni davlat dasturi darajasida ommalashtirishning ikkita muhim sababi bor.

Birinchisi, jismonan sogʻlom avlodni voyaga yetkazish. Agar sport targʻiboti jadal yuritilmasa, oʻz holiga tashlab qoʻyilsa, aksarimiz sport bilan shugʻullanishga deyarli befarq qaraymiz yoki hafsala qilmaymiz. Bunga hayotiy misollar talaygina.

Masalan, hozir ortiqcha vazn masalasi koʻpchilikni bezovta qiladi. Chunki aksariyatimiz sport bilan shugʻullanmaymiz. Toʻgʻri ovqatlanish haqida esa oʻylab ham koʻrmay miz. Tibbiyotchilarning aytishicha, bunday holatda odam lanjlik, hafsalasizlik kay fiyatidan qutula olmaydi. Shu bois, masʼul idora va tashkilotlar zimmasiga mazkur vazifa yuklanmoqda. Maqsad — jamiyatda sogʻlom, komil shaxslar safini kengayti rish, aholi salomatligini taʼminlash orqa li dori-darmonga sarflanayotgan xarajatla rimizni tejash.

Qadim afsonalarda qahramonlar komil shaxs sifatida tasvirlangan. Ana shu komil likning asosiy sifatlaridan biri oʻlaroq qahramon jismoniy jihatdan boshqalar dan ustun ekani koʻrsatiladi. Buni “Alpo mish”da ham, “Odisseya” yoki “Mahobhorat”da ham koʻrishimiz mumkin. Bu eposlarning qahramonlari ilm-maʼrifat bilan birga jismoniy mashqlarni ham puxta oʻzlashtir gan. Ularning barchasi bolalik chogʻidayoq bunga oʻrgatilgan. Shuning oʻziyoq katta dav latchilikka ega oʻlkalar doim jismoniy tar biyaga jiddiy eʼtibor berganini koʻrsatadi. Qahramonlarning cheksiz jismoniy quvvat ga ega ekaniga urgʻu berish orqali oilasini, vatanini himoya qilishga qodir shaxsning qiyofasi yaratilgan.

Tarixga boqib, odamlar, makon va zamon turfa qiyofaga kirganini, ammo hayot qonun lari oʻzgarishsiz qolaverishini anglaysiz.

Yaʼni barcha davrlarda yurt taraqqiyoti ham jismonan, ham ruhan komil shaxslarga bogʻ liq ekanini koʻrasiz. Bugun dunyo manzarasi, yakkahokimlik kayfiyatidagi kuchlarning asl yuzini zukko odamlar allaqachon fahmlab ul gurdi. Bunday vaqtda jamiyat birdamligi, qoʻshni davlatlar bilan doʻstona munosabat lar hal qiluvchi kuchga ega boʻladi.

Davlat dasturida yoshlar, umuman, aho lini sportga keng jalb etish orqali mana shunday sogʻlom, yurt shaʼnini himoya qila oladigan avlodni kamol toptirish maqsad qilingan. Jismonan chiniqqan, sogʻlom ta namiz esa maʼrifat, ilm-fan sari keng yoʻl ochadi. Axir bejiz donolarimiz “Sogʻlom tanda sogʻ aql”, deyishmagan.

ikkinchi jihati, sport jamoa boʻlish ni, birdamlikni oʻrgatadi. Hatto sport ning yakkakurash turlari ham! Buni ortiqcha taʼriflash shart emas. Birgina 2024-yilda Parijda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiya va Pa ralimpiya oʻyinlarini eslashning oʻzi kifoya. Oʻshanda nafaqat Oʻzbekiston, balki butun mintaqamiz — Markaziy Osiyo xalqlari yak dil boʻlib, sportchilarimiz yutugʻidan quvon dik. Bir-birimizni qoʻllab-quvvatladik. Birdamlik, ahillikning hayotdagi aksini koʻra oldik.

Abduqodir Husanov dunyodagi yetakchi futbol jamoalaridan biriga oʻtishi ham xuddi shunday kayfiyat berdi. Mazkur jumlalarni yozayotganimda media olami mizda yana bir quvonchli yangilik paydo boʻldi. Xalqaro “Judo Awards 2024” tan lovida Diyora Keldiyorovaning Parijdagi Olimpiadada yaponiyalik Uta Abeni yengga ni “Yil voqeligi” deb topilibdi. Uning ustozi Marko Shpitka esa ayollar terma jamoalari oʻrtasida eng yaxshi murabbiy yutugʻini qoʻlga kiritibdi.

Li Kuan Yu “Uchinchi dunyodan birinchi dunyoga” kitobida bunday yozadi: “Agar Sin gapur erishgan muvaffaqiyatni bir soʻz bi lan taʼriflashim lozim boʻlganda, bu soʻzni «ishonch” degan boʻlardim».

Parijda oʻtgan musobaqalar ham, Abdu qodir Husanovning natijasi ham jamiya timizda mana shunday ishonch kayfiyatini uygʻotgani rost. Takror boʻlsa da aytamiz, oʻtgan yil yozida Parijda boʻlib oʻtgan mu sobaqalar Markaziy Osiyo ruhi uygʻonganini koʻrsatdi. Abduqodirning “Manchester Siti” futbol klubiga oʻtishi esa buni yana bir bor tasdiqladi. Qardosh xalqlarimiz uni olqishladi, qozoq oqinlari sportchilarimizga atab qoʻshiq aytdi. Jamiyatimizda yoshlar kelajagi, oʻzgarish larga ishonch yanada mustahkamlandi.

Buni ijtimoiy tarmoqlardagi fikrlardan ham koʻrishimiz mumkin. Birgina misol, yozuvchi, biolog olim Baxtiyor Abdugʻafur oʻz sahifasida bunday yozadi: “Abduqodir fenomeni” yoʻlimizdagi alohida bosqich. Olimpiadalarda bir hodisa ketma-ket yarq etgan edi. Bir muhim jihat bor shu yerda: “katta” boʻlyapmiz! Hali Abduqodirga oʻxshagan “fenomen”lar har sohada porlaydi, fanda, adabiyotda, iqtisodda...

Ishoning, koʻp narsaga qodirmiz. Yana ham “katta” boʻlamiz!».

Ana shu katta boʻlish yoʻlidagi bitta bosqich mahallalarda, idora va tashkilotlar jamoalarida sportni rivojlantirishdir. Tasavvur qiling, har bir yosh oilasi, mahallasida sport bilan doimiy shugʻullansa, koʻchalar, tumanlar kesimida sport jamoalari shakllansa, qanday manzara paydo boʻladi? Avvalo, jismonan sogʻlom, soʻng ruhiyati tetik — oilasi, mahalla va tumani, vatani shaʼni uchun kurashadigan ahil jamiyat yanada mus tahkamlanadi. Yuqorida sportni rivojlantirishning ikki sababi bor ekanini aytgan edik. Mana shu ikki jihatning umumiy qiyofasi vatanparvarlikdir!

Shu bois, ommaviy sport tadbirlari deganda, faqat jismoniy sogʻliq bilan cheklanib fikr bildirgim kelmaydi. Bu ni ajdodlarimiz juda yaxshi fahmlagan. Katta sayillar, muhim sanalar bahonasida musobaqalar uyushtirgan. Bolalar chillak, oshiq, arqon tortish, kurash kabi oʻyinlar oʻynagan. Kattalar uloq va kurash kabi musobaqalarda qatnashgan.

Mazkur musobaqalar sabab jamiyatdagi oʻktam yigitlar saralanib borgan. Oddiy odamlar yov kelganida oʻsha pahlavonlar vatan himoyasi uchun old qatorda turishini bilgan, ishongan. Shundan kelib chiqib aytsak, sport qaysidir maʼnoda vatanparvarlik mafkurasi hamdir. Axir davlat dasturida sportni rivojlantirish va jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash borasidagi vazifalar bejiz izma-iz yozilmagan!

Davlat dasturida jamiyatimizda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash borasida qator vazifalar belgilangan. Hozir mazkur vazifalar haqida batafsil toʻxtalishdan yiroqmiz. Lekin jamiyatning strategik gʻoya va maqsadlariga mos milliy qadriyatlarni keng ommalashtirish degan qismi haqida toʻxtalib oʻtishni lozim topdik. Zero, mazkur jihatning yuqoridagi fikrlarimizga bogʻliqligi bor.

Masalan, koʻzlangan maqsadga erishish uchun uchta muhim vazifa belgilangan. Shulardan biri yangi milliy ruhiyatni sh akllantirish va jamiyat birdamligini taʼminlash maqsadida volontyorlik harakatlarini tashkil qilishdir.

Milliy ruhiyatni shakllantirish, jamiyat birdamligi yuksak marra degani. Qaysidir oʻlkani egallash uchun, avvalo, u yerda ichki nizolarni kuchaytirish kerak, degan qarash bor. Mazkur maqsad esa ana shunday xatarga qarshi turishda qoʻl keladi. Keling, buni kengroq tahlil qilsak.

Volontyorlik koʻngillilar harakati degani. Mazkur vazifada jamiyatda ezgulik istovchilar, boshqalarga begʻaraz yordam beradigan, mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faol ishtirokchilar safini kengaytirish nazarda tutilmoqda. Bu esa oʻz-oʻzidan jamiyatda oʻzaro ishonch va hurmat ruhini yuksaltiradi.

Deylik, hech kimi yoʻq nuroniyga qoʻshni yoshlar qarashib tursa, uning holidan xabar olib, ogʻirini yengil qilsa, oʻsha koʻngilli yigit-qizlarni mahallada hamma birdan hurmat qila boshlaydi. Yoki oʻtgan yili ijtimoiy tarmoqlarda svetofor ishlamay turgan chorrahalarda yoʻlni tartibga solayotgan yoshlar haqida bir qancha lavhalar tarqaldi. Oʻshanda ularni barcha birdek olqishladi. Mana shu kabi jihatlar sabab volontyorlik jamiyatda oʻzaro hurmat, mehr-oqibat tuygʻusini kuchaytiradi. Bu ham yuqorida sport misolida aytganimiz kabi vatanparvarlikni mustahkamlaydi.

Quvonarlisi, hozir yoshlar orasida volontyorlik sezilarli darajada kengaymoqda. Masalan, koʻngilli yoshlar “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida koʻchatlar ekishda muntazam ishtirok etyapti. Sogʻligʻida muammosi bor keksalar va yoshlarga madad beradigan bir qancha volontyorlik guruhlari tashkil etilgan. Davlat dasturi bilan ushbu faoliyatni yanada kengaytirish nazarda tutilmoqda. Buni jamiyatda boshqalarga begʻaraz yaxshilik qilishni koʻproq targʻib etishga qaratilgan eʼtibor deb qabul qilishimiz kerak. Mamlakatimizda volontyorlik faoliyati koʻproq ommalashsa, xuddi sportdagi kabi odamlar orasida muammoni hal qilishda jamoa boʻlib harakat qilish koʻnikmasi oshib boradi.

Masalan, Bahodir Iskandarov degan yurtdoshimiz Yaponiyada istiqomat qiladi. U doim ijtimoiy tarmoqlar orqali yaponiyaliklarning yaxshi va yomon jihatlarini yoritib boradi. Bahodirning aytishicha, kunchiqar yurtda pensiyadagi keksalar volontyorlik qiladi.

Yaʼni har kuni ikki mahal, oʻquvchilar maktabga ketayotgan va kelayotganda ularni yoʻllardan oʻtkazib qoʻyadi.

Kechirasizu, biz piyodalar yoʻlagidan oʻtayotgan oʻquvchini mashinada urib ketgan haydovchini ayblashdan

nariga oʻtmaymiz. Hech shubhasiz, haydovchi aybdor. Ammo oʻsha holat boʻlmasligi uchun oʻzimiz nima qildik, degan savolga javob izlashimiz kerak.

Shundagina tom maʼnoda muammolarga yechim topamiz. Bular juda kichik ish boʻlib koʻrinadi, ammo aynan oʻsha kichik holatlar butun jamiyat hayotini hal qilishga qodir.

Yana bir misol, shu kunlarda 2024-yil davomida mamlakatimiz boʻyicha 103 xizmatiga jami 2713 ta yolgʻon chaqiriq kelib tushgani maʼlum qilindi. Toʻgʻri, bu koʻrsatkich oʻtgan yildagidan kamaygan. Demak, jamiyatda yolgʻon chaqiriqning oqibatini tushunib yetayotganlar safi kengaymoqda. Ammo bitta ham yolgʻon chaqiriq boʻlmasligi shart. Negaki oʻsha yolgʻon chaqiriq oqibatida tez yordam haqiqatan yordamga muhtoj shaxsga vaqtida yetib bora olmasligi mumkin. Bu esa uning atrofidagi oʻnlab odamlar qalbida tibbiyot sohasiga ishonchni susaytiradi.

Ha, hamma gap mana shunday kichik holatlar va ishonchda!

Prezidentimiz 29-yanvar kuni Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazida bajarilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish chogʻida “Bosh maqsadimiz — milliy oʻzligimizni anglash va ang latish”, deya taʼkidladi. Bu juda katta vazifa. Bugun yangi Oʻzbekistonda barcha jabhalarda xalqimizga oʻzlikni anglatishga qaratilgan siyosat yuritilmoqda. Hatto tashqi siyosatimizdagi doʻstlik, tinchlik va ezgulikni targʻib etish orqali dunyo xalqlariga ham umuminsoniy tuygʻularni targʻib etayotganimizni koʻrish mumkin. Bizga arzimasdek koʻringan, ommaviy sport yoki koʻngillilar safini kengaytirishga qaratilgan ishlar zamirida ham ana shunday katta hayotiy haqiqat mujassam.

Shu oʻrinda yana bir mulohaza, xalqimizda insofing bormi, degan soʻz juda qattiq haqorat sifatida qabul qilinardi. Chunki insofsiz odamdan har qanday yomonlik chiqishi mumkinligini tushunish, taxmin qilish qiyin emas. Odamlar yomonotliq boʻlishdan qattiq qoʻrqardi. Bugun oʻzligimizni anglamoqchi ekanmiz, “insof” soʻziga mana shunday munosabatni qaytarishimiz kerak boʻladi.

Yaqinda doʻstlarimdan biri kuyinib bunday dedi: “Har kuni ishga avtobusda qatnayman. Bilasiz, haydovchilar naqd pul olmayapti. Har kim oʻzidan bilib onlayn toʻlov qilishi kerak. Kuzataman, ayrimlar indamasdan tushib ketyapti, insofsizlar”. Bu holatda aslida biz oʻzimizga ziyon qilayotganimizni bilmaymiz. Chunki oʻsha toʻlovlarimiz orqali yoʻlovchilar soni avtomatlashtirilgan tizim orqali hisob-kitob qilinadi. Shu hisobdan kelib chiqib, avtobuslarning kelish oraligʻi belgilanadi. Qolaversa, ushbu mablagʻ jamoat transporti rivojlanishiga hissa boʻlib qoʻshiladi.

Bunday holatlar jamiyatimizning ogʻriqli nuqtasidir. Jadid ajdodimiz Abdulhamid Choʻlpon “Millatni uygʻotish — uygʻonganlarning vazifasi”, degan edi. Buning uchun, avvalo, uygʻonganlar koʻngilli boʻlishni bilishi kerak. Yaʼni uygʻoq fikr bilan oq-qorani farqlashning oʻzi yetarli emas. Ayni paytda bilganlarimizni jamiyat da, yon-atrofimizdagilarga targʻib etishni oʻrganishimiz zarur. Yaxshi yashashni, mamlakatimiz taraqqiy etishini istar ekanmiz, shunga munosib harakat qilishimiz shart. Koʻngillilar safini kengaytirishga qaratilgan vazifalar ortida mana shunday yuksak marraga boshlaydigan ishlar yotibdi, desak hech mubolagʻa boʻlmaydi.

Biz volontyor deganda, faqat ogʻir ahvoldagi kishilarga yaxshilik qilishnigina tushunib qolmasligimiz zarur. Avtobusda yoʻl haqini toʻlamagan kimsalardan insof soʻrovini qilib uyaltirish ham, yoʻlni kesib oʻtayotgan oʻquvchining xavfsizligini taʼminlash ham aslida koʻngilli insonlarning ishi. Bularni shakllantirishda baribir ommaviy sportning ham oʻz oʻrni bor, nazarimda.

Masalan, hozir qoʻshnilarim bilan oyda bir yoki ikki marta salomlashaman. Shunda ham mahallada osh boʻlsa yoinki koʻcha-koʻyda duch kelib qolsak. Boshqa vaqtlar hamma oʻz tashvishi bilan band. Endi oʻylang, har hafta dam olish kunlari musobaqalar sabab qoʻshnilar bilan bir jamoa boʻlib harakat qilsak, nafaqat sogʻligʻimiz, balki mahallamizning maʼnaviy muhiti ham birdan oʻzgaradi. Odamlarda muloqot qilish imkoni kengayadi. Bunday suhbatlar ijtimoiy masʼuliyatga sabab boʻladi. Ijtimoiy masʼuliyatni his etish, daxldorlik hissi esa taraqqiyotning oʻqildizidir.

Maqola avvalida oʻgʻlimning vatanparvarlikni emas, fanatizmni tanlaganini aytgan edim. Endi shu haqda fikrlashsak. Gap shundaki, oʻgʻlim Abduqodir Husanov toʻp surayotgan jamoa oʻzi muxlislik qiladigan “Real Madrid” futbol klubiga qarshi oʻynashi haqida gap ochdi. Undan qaysi jamoani qoʻllab-quvvatlashini soʻradim. Oʻgʻlim “Real Madrid”ga muxlislik qilishini aytdi. Uning soʻzlarini tinglab, bu endi muxlislik emas, fanatizm ekanini aytdim. Axir vatandoshlik va vatanparvarlik bir-biriga bogʻliq tuygʻu. Biz har qanday vaziyatda ham, avvalo, yurtdoshimizni qoʻllab-quvvatlashimiz kerak. Shu orqali vatan shaʼnini yuksaltirishni oʻrganamiz. Bu fikrlarni oʻgʻlimga bosiqlik bilan tushuntirishga urindim.

Shu tariqa oʻgʻlim oʻzbek tilining izohli lugʻatini varaqladi. Unda fanatizm biror mafkuraga koʻr-koʻrona ergashish ekanini, vatanparvar esa oʻz yurtini sevadigan hamda shunga munosib ish qiladigan shaxsligini bilib oldi. Bu soʻzlarning maʼnosini bilishi bilan birdaniga vatanparvar boʻlib qoldi, deyishdan yiroqman. Ammo yana shunday tanlov qarshisida qolganida jiddiy oʻylab, toʻgʻri qaror chiqarishiga ishonaman. Chunki tarbiyaning yoʻrigʻi, jamiyatning yangilanib, yuksalib borishi xuddi shunday kichik, ammo hal qilishga qodir hodisalar orqali roʻy beradi.

Davlat dasturidagi har bitta vazifa, jihatda bir qarashda mana shunday kichik koʻrinadigan, ammo yangi Oʻzbekistonni bunyod etish yoʻlida muhim omil boʻlib xizmat qiladigan katta va muhim maqsadlar mujassam.

Boboravshan GʻOZIDDINOV,

“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri