Shuningdek, “Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev tashabbusi bilan tizim korxonalari ehtiyojlari uchun ilgari importdan keltirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish boʻyicha mahalliy tadbirkorlik subyektlari bilan mutlaqo yangicha usulda hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyildi. Aynan shu ishlarning natijasida joriy yilda “Oʻzbekneftgaz” AJning importni qisqartirish dasturi doirasida 47,5 million dollar ekvivalentidagi (rejaga nisbatan 122,3 foiz) importni qisqartirishga erishildi.
Jumladan, 25,5 million dollar (rejaga nisbatan 147 foiz) mahalliylashtirish dasturida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning ilgari importdan xarid qilingan qismi boʻyicha va 21,6 million dollar (101,7 foiz) kooperatsiya aloqalarini kengaytirish hisobiga toʻgʻri keladi.
Shuningdek, “Oʻzbekneftgaz” AJ tizimida “tarmoq-hudud” prinsipi asosida bevosita ishlab chiqaruvchi va sotib oluvchi oʻrtasida eng qisqa fursatlarda, oʻrtada biror-bir vositachilarsiz aloqalarni yoʻlga qoʻyish masalasiga jiddiy eʼtibor berilyapti. Bunda respublika yagona elektron kooperatsiya portali, jamiyatning rasmiy veb-saytida xaridlar, mahalliylashtirish va kooperatsiya aloqalariga bagʻishlangan boʻlimlar, shuningdek boshqa xarid portallari asosida hamkorlik jarayonlari tashkil etilyapti.
Buning natijasida, 2022-yil yanvar-mart oylarida elektron kooperatsiya portali orqali “Oʻzbekneftgaz” AJ umumiy qiymati 206,8 milliard soʻmlik 472 ta shartnomalar imzolagan boʻlib, bunda respublikaning barcha viloyatlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahri boʻyicha jami 100 ga yaqin mahalliy ishlab chiqaruvchilar qamrab olingan.
Hozirda “Oʻzbekneftgaz” AJ tizimida mahalliylashtirish, kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish yoʻnalishlarida olib borilayotgan ishlar surʼati kuchaytirilib, manzilli ishlar amalga oshirib kelinyapti, deb xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.