— Doim yaratgandan soʻrardim, turmush oʻrtogʻimning dardiga shifo berishini va farzandlarim kelajagini, — deydi Uchuyli mahallasi fuqarosi Gulbahor opa Qoʻziboyeva.
Bugun tuman hokimi Aʼzamjon Sultanov mahalla faollari bilan hududni koʻzdan kechirar ekan, ushbu Rahmonovlar xonadonida boʻldi, oila bilan suhbati davomida xastalikka chalingan xonadon egasiga kerakli boʻlgan tibbiy xizmatlarni koʻrsatish uchun tibbiyot masʼullariga topshiriqlar berdi.
Shuningdek hozirda tushkun kayfiyatga tushib qolgan oila uchun tuman hokimligi va saxovatpesha tadbirkor tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari, oʻtin va koʻmir mahsulotlari yetkazib kelindi.
Bu kabi eʼtibordan koʻzlari yoshlangan xonadon egasi-avvalo yurt tinchligini hamda yurtboshimizni olib borayotgan islohotlariga rivoj soʻrab duoga qoʻl ochdi.